Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh, Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh, Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda? Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz, Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz. Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor, Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron, Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON, Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada, Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada. Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.
Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz. Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari
Post N: 67
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting:
0
Jo`natilgan: 21.04.07 09:12. Mavzu: Re:
ENG KATTA MUSIBAT...
Bu dunyoda iymon bilan nurga cho‘mgan bir ummat bor, Ul ummatning yo‘li kengdir, Barchasida ming rahmat bor, Hayotida hotirjamlik, O’limida ming hikmat bor, Rozi bo‘lar taqdiriga Tutar ikki enlik xat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Kimdir o‘lar, kimdir nafas olmoq ekan, anglab yetdik. O’zni mangu da’vo qila, Go‘ristonni manzil etdik. Oling, mana, dunyongizni, Habibulloh birla ketdik, Endi bizga na go‘zallik, Va na sokin halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Holatingiz ko‘rdik, mahzun, Asliyatga tezroq qayting, Ajal o‘qi aniq erur, Unga boqmang, kulib "Hay" deng, Dunyo ostin-ustin bo‘lib ketmaydimi, endi ayting, Yelkamizdan qolib ketgan O’lim tutar omonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Otangiz ham, onangiz ham, Bir kun sizni tashlab ketmish, Yuraklarni tilka-pora Aylabon, zor g‘ashlab ketmish, Ko‘zlaringiz balki namlab, So‘nggigacha yoshlab ketmish, Ajal kelsa, siz qochguvchi Qandayin bir imorat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Chakki tomgay, endi aslo yamab bo‘lmas bu uy tomin, Oinasi parchalanmish, O’rnatmoq na singan romin Qiyomatga qarab yo‘lin Tutib bo‘lgach soqov zamin, Ayting, to‘sib qolar qay kuch, Va qandayin tumonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Barchamizning qalbimizda Dunyoga bir muhabbat bor, Muhabbatdan hosil bo‘lgan Razillik bor, qabohat bor, Oxirlamish so‘zim mening, Xitobimda nadomat bor, Ayo, ummat, bu dunyoga Nechun qattiq sadoqat bor, Zamin og‘ir nafas olar, Unda qanday halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
Post N: 84
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting:
0
Jo`natilgan: 16.05.07 16:14. Mavzu: Re:
-Boshingda nima bor? -Toji davlat. -Ko’zingda nima bor? -Nuri Muhammad. -Tilingda nima bor? -Kalomi shahodat. -Qulog’ingda nima bor? -Azon-u qomat. -Burningda nima bor? -Bo’yi Muhammad. -Qo’lingda nima bor? -Hayr-u sahovat. -Belingda nima bor? -Kamari xizmat. -Tizzangda nima bor? -Hurmat-u izzat. Qalbingda nima bor? -Allohga muhabbat.
- ishtirokchi hozir forumda - ishtirokchi forumda emas
Hamma vaqtlar GTM formati bo'yicha
4 vaqt: bugungi Xitlar soni 5
Huquq: smayliklar ha, rasmlar ha, shriftlar yo'q, ovoz berish yo'q
avatarlar ha, linklarni avtoalmashtirish yoqiq, premoderatsiya o'chiq, taxrir yo'q