Post N: 138
Info: Badjahl Bambrdaka
Ro`yhatdan o`tgan: 21.02.07
Qayerdan: N town
Reyting:
0
Jo`natilgan: 09.04.07 10:59. Mavzu: Re:
Man hali sovchi junatmadim, manimcha borib yurishgan bo'sa kere. Chunki akamga topib bo'lishdi. Lekin ko'pmarta surishtirib kelishgan. Farg'onada ishlardim u paytlari. Bir kuni pastdan telefon qip qolisdi, bir kishi chaqiryapti dib. Tushsam bitta amaki, man bilan so'rashib uyo-buyodan so'rayapti. Man uni tanimadim. Mavzuni kompyuterlar haqida ochdi, internet kafe ochmoqchikan ushanga kompyuter biladigan bola kerekan. Srazi bildim niyati boshqaligini. Bo'sa - bo'masa kelin tarafdan surishtirgani kelishgan dib seryozniy gaplashdim. Keyin bilsam akamga borishgankan. Biz tarafda shunaqa kuyovni ukasiniyam, akasiniyam qanaqaligini surishtirashadi. Keyin bufetdan narsa ogani kirsam, bufetchi apa etib qoldi, sizzi bittasi rosa surishtirdi dib.
Yaqinda uyga borsam, ammam etib qoldilar: Mirsaid qara kovushim yeyilib ketti, diyishdi. Uzi boy hotin-u, mandan nime kovush ober dib so'rayapti dib o'yladim. Keyin tepdi kallaga. Sovchillikka yurgani oberish kerekan. Hozir pulim yo'q, 25 ga kirsam keyin oberaman disam, san hozir olib beruvir, man bron qip turaman diydilar! Karoche, deb kuchaga chiqib kettim. Hozirgilarga qo'yib bersen oyog'ini yerga tekkizmasdan uylab quyishadi. Extiyot bo'lish kere. Biz tarafda vohtli uylash vohtli uzatish jaa moda bo'p ketti. Maktabi bitirmagan bo'sayam, uyog'ini mani maktabimda o'qiydi dib kelin qivorishyapti.
- ishtirokchi hozir forumda - ishtirokchi forumda emas
Hamma vaqtlar GTM formati bo'yicha
4 vaqt: bugungi Xitlar soni 13
Huquq: smayliklar ha, rasmlar ha, shriftlar yo'q, ovoz berish yo'q
avatarlar ha, linklarni avtoalmashtirish yoqiq, premoderatsiya o'chiq, taxrir yo'q