On-line: Mehmon 0. umumiy : 0 [ma'lumot..]
Forum yana o\'zing yaxshisan,Ishlab tursang ancha-muncha forum sharmanda!Uzliveni ham mozorga kuzattik,Tekini deb seni tuzattik!

MuallifXabar
good soul


Post N: 9
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Kakand
Reyting: 0

Ogohlantirish: Qachondan beri rap eshtadigan bop qoldin gayrat17?
xabarga link  Jo`natilgan: 15.02.07 00:11. Mavzu: Netdan topgan kitoblarim


Abdulla Qahhor
D U M L I O D A M L A R

    Respublikamizga chet eldan keladigan
    ba’zi turistlarga tushunib bo’lmaydi.
Meliboy aka, pensioner, partisan

Jiyanim turistlar idorasida ishlaydi, o’tgan shanba kuni uyga kelib: “Bu yil turist ko’p, odam
yetishmayapti, shahrimizda ikki kun to’xtaydigan bir mehmon bor, qarashib yuboring”, - deb
qoldi.
Pensiyaga chiqqanimga endi sakkiz oy bo’lgan, hali pensiyaxo’rlikka o’rganganim yo’q,
zerikkanimdan kampirimning ishlariga aralashaverib uni ham, o’zimni ham xunob qilib yurgan
edim, jiyanimning iltimosiga darrov ko’ndim.
Men o’n bir yil shu idorada kichik bir lavozimda turib, pensiyaga shu yerdan chiqqanman.
Shu o’n bir yil davomida qulog’imga kirgan kalimalar o’rnashib, undan bir so’z,
bundan bir so’z cho’qib, tilga havas paydo qilganimda esa idora xizmatchilarining yordami bilan
kitob tatalab ingliz tilini uncha-muncha bilib oldim.
Ingliz tiliga moyil bo’lganim, albatta, tasodifiy emas, bolaligimda Amerikaning ta’rifini
ko’p eshitganman: ana osmonteshar imoratlaru, ana osma ko’chalaru…
Dushanba kuni yangi banoras avra to’n va yashil baxmal do’ppimni kiyib idoraga
bordim. Jiyanimning kabinetida ozg’in, tepakal, ko’zlari och odamning ko’ziday yaltirab turgan
qirq besh yoshlardagi bir kimsa o’tirgan ekan. Men taxminan “mehmon shu bo’lsa kerak” deb
inglizcha salom berdim. Mehmon qayrilib qaradi, birdn, xuddi ko’z ko’rmagan va quloq
eshitmagan bir jonivorni ko’rgandek, hayron bo’lib sekin o’rnidan turdi, salomimga alik olishni
ham esidan chiqarib, menga boshdan-oyoq razm soldi; men o’zbekmi ekanimni, inglizchani
qayerda o’rganganimni so’radi; savollariga javob berganimdan keyin to’nimni, do’ppimni
ushlab, soch-soqolimni tortqilab ko’rdi. Jiyanim menga ko’z qisib “qo’yavering” degandek
ishora qildi.
Jiyanim meni tanishtirgandan keyin mehmonni mehmonxonaga olib bordim. Unga ikki
xonalik juda yaxshi nomer olib qo’yilgan ekan. Mehmon nomerni ko’zdan kechirdi, yarqirab
ko’zni qamashtirayotgan jihozlarni birma-bir ushlab, silkitib, tirnoqlab, hidlab ko’rdi. Men
bunga chandon e’tibor qilmadim, chunki boya idorada inglizcha gapirgan o’zbekning
o’zbekligiga ishonmay uning libosini ushlab, soch-soqolini tortqilab ko’rgan kimsa, hozir o’zbek
mehmonxonasidagi yaxshi jihozni qalbaki gumon qilsa ne ajab! Chet elda hozir ham
O’zbekistonni mutlaqo bilmaydigan, o’zbeklarni hanuz ketiga po’stak bog’lab, imo ishora bilan
gaplashadigan qabila deb o’ylaydigan odamlar bor-ku!
Mehmon o’rnashdi. Tushlikdan keyin ko’chaga chiqdik. Mehmon mehmonxonaning
peshtoqiga soya solib turgan qari chinorni ko’rsatib:
- Juda yaxshi daraxt ekan, inqilobdan keyin ekilgan bo’lsa kerak? – dedi.
Chinorning biron yuz ellik yil umr ko’rganligi ko’rinib turgani holda mehmonning bu
gapi menga malol keldi. Bu odam idorada nima uchun soch-soqolimni torqilab ko’rgan bo’lsa,
hozir ayni shu maqsadda,. Ya’ni qanchalik rost gapirishimni bilmoq uchun dilimni titkilab
ko’rmoqda edi. Jinim qo’zg’adi-yu, men ham uni cho’pga ilib o’ynagim keldi.
- Ha, inqilobdan keyin ekilgan, - dedim va bir oz turib, mehmon meni “aravacha”
qilganiga o’zida yo’q xursand bo’lib gerdayib turganida ilova qildim, - birinchi
inqilobdan ancha keyin ekilgan, - dedim.
Mehmon tushunolmadi.
- Sizlarda ikki marta inqilob bo’lganmi? – dedi shoshib. – Birinchisi qachon bo’lgan?
Qanaqa inqilob?
- Bundan yuz yilcha burun, - dedim. – Men ruslarning kelishini birinchi inqilob deb
bilaman.
Mehmon boshqa gap so’ramadi, fotoapparatini g’ilofidan olib, yo’l-yo’lakay unga-bunga
to’g’riladi, lekin bironta ham surat olmadi. Birdan ko’chaning o’rtasida chimmatsiz paranji
yopingan bir kampir paydo bo’lib qoldi. Kampir xuddi shaharning hokimiday hech kimni, hatto
militsiyaning hushtagini ham pisand qilmay hassasini katta-katta tashlab kelmoqda edi. Mehmon
yugurib ko’chaning o’rtasiga chiqdi, kampirni qarshilab cho’kkaladi, uni ro’paradan,
yonboshdan, orqadan bir necha marta suratga oldi: suratkashlikda o’ta jon kuydirganidan o’pkasi
og’ziga tiqilib, o’tirgani joy izlab qoldi. Parkka boshladim. Qahvaxonaga kirdik. Bir payola
qahvadan keyin mehmon o’ziga kelib, qo’yin daftarini oldi, undagi planga uzoq qaraganidan
keyin:
- Shahringizning boshqa diqqatga sazovor joylarini ertaga ko’ramiz, bugun menga
Reksullohi Ansoriyning maqbarasini ko’rsatsangiz bas. Maqbara shu atrofda bo’lishi kerak, -
dedi.
Reksullohi Ansoriy… Bolaligimda Reksbuva degan nom qulog’imga kirgan, o’sha vaqtda
parkning mana shu o’ng qanotidagi tepalik – hozirgi teatr binosi tushgan joy – go’riston bo’lib,
uning qoq o’rtasida Reksbuva degan mozor – dahma bo’lar edi. Bir oz tashvishga tushdim:
bordi-yu, Reksullohi Ansoriy degani biron mo’tabar zot bo’lsa, buni uzoq yurtdan kelgan bir
sayyoh bilsa-yu, biz bilmasdan maqbarani buzib tashlagan bo’lsak… Bundan xunugi bormi!
Biron nayrang ishlatib bu noqulay ahvoldan chiqish yo’lini ko’zladim, lekin o’ylab-o’ylab “eng
yaxshi hiyla – to’g’rilik” degan qarorga keldim-da, Ansoriy to’g’risida bilganlarimni aytib:
- U kishi shahrimiz tarixida qanday o’rin tutgan ekanlar? – dedim.
Mehmon savolimga javob bera olmadi. Shundan keyin o’lkamizda jahonga mashhur
bo’lib o’tgan bir qancha kishilarning nomini aytib, mehmonni “chaqmoqlab” ko’rdim. Yo’q,
mehmon bu odamlardan birontasini, hatto Ibn Sinoni ham eshitmagan ekan.
Reksullohi Ansoriy kim, uning nima fazilati yo kasrati borligini bilmagan holda bu odam
nega uning nomini ko’tarib yuribdi, nega uning maqbarasi kerak bo’lib qolibdi – shunga
qiziqdim. Mehmon bu haqda bergan savollarimga javob bermasdan iljayib turib-turib, to’satdan:
- Dumli odamlarni ko’rganmisiz? – dedi.
Mehmon gapning sarxonasini yangilamoqchi degan o’yda kulib qo’ya qoldim.
Biroq qahvaxonadan chiqib, teatr binosining atrofini aylanib yurganimizda mehmon
butkul jiddiy bir tarzda yana dumli odamlar haqida so’z ochdi. Uzun so’zidan xulosa chiqarib,
yer yuzidagi xalqlar taraqqiyot zinasining turli bosqichida, biron bosqichda turgan xalq orasida
o’tgan bosqich kishilari ko’rinib qolsa, bunga tabiiy bir hol deb qarash kerak, degan fikrni
aytdim. Mehmon bu gapning tub ma’nosiga tushunib yetmadi.
Ko’chaga chiqdik. Mehmon yana Ansoriydan gap ochdi. Shunda ko’nglimga bir gap
keldi: bu odam o’sha Ansoriyni dumli odamlar toifasidan deb o’ylamasmikan?
Xuddi aytganim chiqdi. Mehmonning otasi ilgari o’rtacharoq bir shirkatning boshlig’i
bo’lib, shirkat singandan keyin umrining oxirini antropologiyaga bag’ishlagan, undan ko’p
qo’lyozmalar, jumladan mana shu qo’yin daftari qolgan, shu daftar va boshqa hujjatlarda
aytilishiga qaraganda, Reksullohi Ansoriy dumli odamlar toifasidan ekan. Yana bir mo’tabar
kimsa Reksullohi Ansoriy maqbarasi atrofida hozir ham dumli odamlar yashamog’i ehtimoldan
xoli emas, degan ekan.
Jonim xalqumimga keldi. Lekin o’zimni bosdim. Shu atrofdagi hamma ko’cha va tor
ko’chalarni kezib chiqdik. Men qayoqqa boshlasam mehmon yurmaydi, teskari tomonga yo’l
oladi: tez-tez to’xtab hammaga, xususan atlas ko’ylak kiygan xotinlarga orqadan zehn soladi,
aftidan, dumli odam qidiradi. Mehmon bilan gaplashish emas, uning aftiga qaragim kelmas edi.
Kayfiyatimni bilintirib qo’ymaslik uchun noiloj so’z qotdim:
- Janoblari ota kasbini ushlabdilar-da? – dedim.
- Yo’q, mutlaqo, - dedi mehmon. - Men jurnalistman!
- Antropologiyaga qiziqmasangiz, sizga dumli odamning nima keragi bor?
- Mening gazetamga kerak! – dedi mehmon. – Hech bo’lmasa bironta dumli odamning
suratini olib borsam deyman. Juda shov-shuv bo’lar edi… Yordam va’da qilolmaysizmi?
Men o’ylab ko’rmoqchi bo’ldim. Mehmon juda quvonib ketdi. Ovqatdan keyin mehmon
dam olgani yotog’iga kirdi. Men butun zahrimni jiyanimga to’kkani idoraga bordim. Jiyanim
voqeani eshitib kuldi, meni jahldan tushirdi. “Yuragingizni keng qiling, tog’a, yo’lovchi har bir
hurgan itning ketidan quva bersa, manzilga qachon yetadi, degan bor, sizning vazifangiz
mehmonni istagan odami bilan gaplashtirish, istagan yeriga olib boorish. Bundan tashqai bu
odam sizga omonat, omonatga xiyonat qilmasdan, qo’limga sog’-salomat topshirishingiz kerak”,
- dedi. Jahlimdan tushdim.
Kechqurun mehmonni konsertga olib bordim. Mehmon zalga kirishi bilan yana o’sha
muddaoda odamlarga har tomondan razm sola boshladi, beqasam to’n kiygan bir mo’ysafidning
ketiga tushdi. Xayriyat, chiroq o’cha qoldi-yu, borib joyimizga o’tirdik.
Mehmonga konsertga qiziqmadi, mudrab o’tirdi, alomat bir o’yin bo’layotganda hatto
xurrak otib yubordi. Shuning uchun konsertning ikkinchi bo’limiga qolmadik, ertaga
uchrashadigab bo’lib, mehmonxona oldida xayrlashdik.
Ertasiga kelishim bilanoq mehmon: “Kechagi gapimiz nima bo’ldi, yordam berasizmi?”
deb so’radi. Men bu haqda hech bir qarorqa kelmaganligimni aytdim. Shundoq bo’lsa ham
mehmon yordam berishimga amin ekanligini bildirib, oldindan tashakkur ma’nosida yelkamga
qoqib qo’ydi va teatr atrofidagi xonadonlardan birontasini ko’rishga orzumand ekanini bildirdi.
Men uning muddaosini fahmladimu, o’sha tomonlarga olib bordim va orqa ko’chadagi ro’para
kelgan hovliga boshladim. Mehmon apparatini bo’ynidan oldi va hayajon ichida ostonadan
hatladi. Kirgan eshigimiz hozir uchastka deb ataladigan oddiy, lekin mevazor, gulzor, nihoyatda
didli, havasli odamlarning hovlisi ekan. O’rta yoshlardagi bir xotin sariq luchchak shaftoli
terayotgan ekan, bizni ko’rib shotidan tushdi, so’rashdi, yelib-yugurib supaga joy qildi,
dasturxon yozdi. Bir necha xil shaftoli keltirib qo’ydi. Mehmon goh menga, goh xotinga qarar,
goh uning orqa etagiga razm solar edi. Xotinning o’g’li vrach, kelini o’qituvchi, hozir ikkovi
ham ishda ekan. Mehmon hafsalasi sovib, fotoapparatini bo’yniga osdi-yu, alamini shaftolidan
oldi, umrida bunaqa shaftolini ko’rmagan bo’lsa kerak, rosa yedi. Shu choq uning ko’zi
devorning tagida qunishib turgan kasal jo’jaxo’rozga tushdi. Uning oyoqlari uzun, bo’ynining
pati to’kilib qip-qizil go’sht bo’lib qolgan, o’zi nihoyatda oriq edi. Mehmon darrov qo’lini artdi,
fotoapparatini bo’ynidan oldi, jo’jaxo’rozga juda yaqin borib cho’kkaladi: jo’jaxo’roz boshini
ko’tarib hayron bo’lib turganda bir necha marta suratga oldi. Choy ko’tarib kelayotgan xotin
“voy, suratga olaman desalar yaxshi tovuqlarimiz bor, bu kasal edi-ku” deganicha qolaverdi.
Achchig’im keldi, lekin mumkin qadar muloyimlik bilan:
- Jo’jaxo’rozning surati ham gazetaga kerakmi? – deb so’radim.
Mehmon javob bermadi, “ketdik” deb ishora qildi. Xotinga tashakkur izhor qildim.
Ko’chaga chiqdik.
Mehmon bu hovliga, xotinning mehmondo’stligiga shubha bilan qaradi shekilli,
xotinning mehmondo’stligiga shubha bilan qaradi shekilli, bir necha hovliga o’zi bosh tiqdi. Men
ham qo’yib berdim, orqasidan kirmadim, chunki unga tarjimon kerakmas, odamlarning orqa
etagiga razm solishdan boshqa ishi yo’q…
Samovarda o’tirib, birpas dam oldik. Mehmon ko’zimga xunuk ko’rina boshladi: kim
aytadi, buni osmonteshar imoratlarni ko’rgan, osma ko’chalarda yurgan odam deb! Diqqat
bo’ldim. Papirosni allaqachonlar tashlab yuborgan edim, shu topda bitta so’rgim keldi-yu,
papiros olgan magazinga kirdim. Bilmadim, magazinda qancha turib qoldim ekan, qaytib
chiqsam mehmon yo’q. Birpas kutdim, keyin yuragim hovliqib, u yoq bu yoqqa qaradim.
Qidirdim. Yigirma-yigirma besh minutning har biri bittadan so’g’ tishimni sug’urib olgandek
bo’lib o’tdi. Bu kasofat biron hovli yoki biron ko’chaga kirib, gumonsiragan odamiga “dumingni
ko’rsat” desa, bunaqa hazilni birov ko’taradi, birov ko’tarmaydi… Bir soatdan ortiq
qidirganimdan keyin avtomatdan jiyanimga telefon qildim, voqeani aytdim. Jiyanim tovushidan
tashvishda qolgani sezilib tursa ham, menga tasalli berdi va “yo’qotgan joyingizdan uzoqqa
ketmang”, - dedi. Samovarda yana bir necha minut o’tirdim. Narigi ko’chadagi machitning yarmi
qulagan mezanasiga ko’zim tushdi. Bu kasofat shuning suratini olgani bormadimikin? O’sha
yoqqa bordim. Machitning ichini, atrofini qaradim, odamlardan so’roqladim – yo’q. Samovarga
qaytay deb turganimda yon ko’chadan karnay-surnay, qiyqiriq bilan ikki mashina kuyov-navkar
chiqib qoldi. Oldindagi mashinada lunjini shishirib sunray chalayotgan surnaychining yonida
turib, beo’xshov o’yinga tushayotgan olabayroq to’n kiygan bir kishiga ko’zim tushdi, sinchiklab
qarasam – mehmon! Suyunib ketdim. Yugurib borib mashinaning oldini to’sdim. Mehmonga
harchand “tush” deb ishora qilaman, qani endi ko’nsa – menga qarab nuqul muqom qiladi. Kayfi
baland. Mashinada tanish odamlar bor ekan, qo’ymasdan meni mashinaga tortib olishdi.
Mehmonning mashinadan tushish niyati bo’lmagani uchun mashinani to’xtatib jiyanimga telefon
qildim.
Tanish odamlarning aytishiga qaraganda mehmon nima bo’lib to’yxonaga kirib
qolibdi. Odamlar uning chet eldan kelgan mehmon ekanini bilib to’rga o’tqazishibdi, to’n
kiyg’izishibdi, o’yinchilar uni o’yinga tortishibdi.
Kelinning uyiga keldik, ziyofat zo’r bo’ldi, o’yin-kulgi juda qizidi. Mehmon bu yerda
ham ancha ichib qo’ydi. Shu yerdagi doctor bolalar mening tashvishda qolganimni payqab,
mehmonni hushiga keltirib berishdi. Mehmon hushiga kelganidan keyin yana aynidi: yana dumli
odam qidirib hammaga zehn sola boshladi. Shundan keyin “siz ovora bo’lmang, janob, dumli
odamni ertaga o’zim topib beraman” deyishga majbur bo’ldim. Mehmon meni o’pdi,
salomatligimga ustma-ust ikki ryumka otdi…
Ertalab mehmonxonaga kelsam mehmon lanj bo’lib yotibdi, lanjki, hech aytgulik
emas. Shundoq bo’lsa ham, la’nati, ko’zini ochishi bilan kechagi va’damni so’radi. Men uni
pastga olib tushib, achchiq choy ichirdim, nordon narsalar yegizdim, ichkilik zahri biroz sinib
ta’bi ochilganidan keyin dumli odam deb bekor ovora bo’lib yurganligini tushuntirishga harakat
qildim. Mehmon xafa bo’ldi.
- Sening hukumating butun mamlakat ustiga temir parda tortgan! – dedi.
Bunga gap uqtirish, qorong’u uyga kesak otgandek gap edi. Shuning uchun yon bergan
bo’lib, yolg’ondan o’ylab qoldim-da, chuqur xo’rsinib:
- Shuni bilar ekansiz, nima qilasiz meni qiynab? – dedim.
Mehmon chehrasi ochilib yana yolvordi:
- Men sizga bitta dumli odamni qafasga solib ber, olib ketaman deyayotganim yo’q.
Uzoqdan qorasini ko’rsatsangiz bas, mening apparatim ikki kilometrdan oladi!
U desam u dedi, bu desam bu dedi – hech bo’lmadi, nihoyat “seni dumli odamlarga yo’latish
qo’limdan kelmaydi, xatarli, hohlasang apparatingni ber, biladigan, udda qiladigan ishonchli
kishiga aytib, bironta dumli odamning suratini oldirib beraman” deyishdan boshqa chora
qolmadi. Mehmon xursand bo’lib, apparatini qo’limga tutqazdi. O’zi lanj bo’lgani uchun
tushgacha yotib dam olmoqchi ekanini aytdi. Men tushdan keyin keladigan bo’lib qaytdim.
Tushdan keyin kelsam, mehmon hanuz lanj, yotgan ekan, lekin apparatini tegishli
odamga topshirganimni, u kishi butun lentani dumli odamga to’ldirib berishni va’da qilganini
eshitib o’rnidan turib ketdi.
- Lekin sharti bor, - dedim, - omonatingizni faqat ketadigan vaqtingizda, samolyotga
chiqayotganingizda beradi.
- Ertaga, ertagayoq jo’nayman! – dedi mehmon.
Kelishuvga muvofiq shaharning diqqatga sazovor joylarini ko’rgani chiqdik. Kun
qaytguncha yurib, ko‘p tarixiy yodgorliklarni ko’rdik, to’g’on-ko’lga bordik, shahrimizning
ko’rki bo’lgan yangi ko’chalar, maydonlar, xiyobonlarni kezdik, muzeylarga kirdik.
Mehmonning biron narsaga qiziqqanini, biron joyda to’xtab, biron narsaga qaraganini
ko’rmadim. Hamma narsaga o’shshayib qarar, qayoqqa v anima uchun ketayorganini, nima qilib
yurganini o’zi ham bilmas, aftidan, kunni kech qilishdan bo’lak muddaosi yo’q edi.
Madaniyat va istirohat bog’iga kirdik. Mehmon hech bo’lmasa shu boqqa, xususan gulu
gulzorga qiziqar deb o’yladim, chunki shahrimiz bu boqqa juda bino qo’ygan. Yo’q, gulzorga
mehmon qayrilib ham qaramadi, uning diqqatini jalb qilgan birdan-bir narsa bog’ning bir
chekkasidan oqayotgan anhor bo’ldi. Buning nimasiga qiziqdi ekan deb qarasam, loy suv
qirg’oqdan toshgudek bo’lib, shox-xashak va yana allanima balolar oqib kelayotibdi. Birov
sug’orish maqsadida to’g’on solgan, suv to’g’onni urib ketgan bo’lsa kerak. Mehmon iflos suvga
xuddi sichqonni ko’rib qolgan mushukdek butun vujudi bilan qarar, chamamda fotoapparati
yonida bo’lmaganidan afsuslanar edi; bog’dan chiqib mehmonxonaga tomon ketayotganimizda
eski-tuski yig’ib yurgan eshak aravani ko’rganida ham xuddi shu holga tushdi.
Mehmonxona ko’chasiga qayrilganimizda mehmonning gazetasiga qo’l keladigan yana
bir hodisa ro’y berdi: shu ko’chadan g’izillab chiqqan “Moskvich” kattakon bir sariq itni urib o’tdi. It vangillab ikki-uch yumaladi, turishga intilib turolmadi, yotib tipirchiladi. Mehmon goh
boshini ko’tarishga urinib, goh oyoqlarini silkib jon berayotgan itga yaqin borib, beixtiyor
cho’kka tushdi va apparat izlab yonini paypasladi.
Mehmon ertasiga jo’naydigan bo’ldi. Dumli odamlar surati olingan fotoapparatni qora
qog’ozga o’rab aeroportga olib chiqdim va qo’ynimdan bir chekkasini chiqarib ko’rsatdim.
Mehmonning ko’zlari yonib ketdi. Xilvatga bordik. Mehmon apparatini olib katak sumkasiga
joyladi-yu, chontagidan bir dasta pul chiqardi.
- Sizning haqingizni o’zim bilib beraman, - dedi, - u kishi bilan necha pulga
gaplashgansiz?
- Pul to’g’risida hozir gaplashmaymiz, - dedim, - avval suratlarni chiqarib ko’ring, ana
undan keyin o’zingiz narx bichib yuborarsiz.
Mehmon yaba minnatdorchilik birdirdi. Samolyotga chiqdi, samolyot Tojikistonga qarab
yo’l oldi. Kim biladi, mehmon yurtiga borguncha sabri chidarmikin. Tojikistondayoq lentani
chigarar, chiqarsa dumli odamlar o’rnida o’zini ko’radi: men apparatni maktab to’garagiga
qatnab, foto ishida mashqini rosa qilgan kichik o’g’limga berib, “mehmon ikkovimiz shahar
aylanamiz, sen ketimizdan yurgin, qayerda chap oyog’imni ko’tarsam, mehmonning yakka o’zini
suratga olaverasan”, degan edim. Bir qancha joyda, jumladan, mehmon anhor bo’yida, eski-tuski
yig’ib yurgan eshak arava yonida va jon berayotgan itning ustida turganida chap oyog’imni
ko’targan edim. O’g’limning o’zi hushyor bola, g’alati-g’alati paytlarni topgan bo’lsa kerak.
Men bu narsani jiyanimga aytmadim, aytsam ham urishmasa kerak, chunki mehmonga
ozor berganim yo’q, nihoyati yuziga oyna tutdim.

Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
Javoblar - 8 [faqat yangi javoblar]







Post N: 24
Info: in love
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 15.02.07 00:39. Mavzu: Re:


O'qiyman devdim ko'zlarim ogrib ketti.

Dabdala bo'lsa ham ish dabdala,
Hafsala yo'qolmasin hafsala!
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
good soul


Post N: 16
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Kakand
Reyting: 0

Ogohlantirish: Qachondan beri rap eshtadigan bop qoldin gayrat17?
xabarga link  Jo`natilgan: 15.02.07 01:14. Mavzu: Re:


Ko'zlaringiz og'rimasin deb...

Akutagava Ryunoske
AFSUNGARLIK MO'JIZALARI

Kuzning yomg‘irli oqshomi edi. Meni olib ketayotgan riksha Onori qishlog‘i tepaliklaridan goh ko‘tarilib, goh tushib borardi. Nihoyat u bambuk daraxtlari panasiga yashiringan yevropacha uslubdagi kichkinagina uy ro‘parasida to‘xtadi. Eshik tepasida yapon yozuvida bitilgan «hind Matiram Misra» degan yozuvga ko‘zim tushdi.
Misra-kun asli kalkuttalik bo‘lib, Hindiston mustaqilligining ashaddiy kurashchilaridan edi. Shu bilan birga u taniqli brahman Xasan-xon qo‘l ostida afsungarlik sirlarini o‘rgangan mohir afsungar ham edi.
Bir oycha ilgari bir do‘stim meni Misra-kun bilan tanishtirib qo‘ygandi. Biz u bilan turli siyosiy masalalarda ancha bahslashgan, ammo uning afsungarlik mo‘‘jizalarini qanday amalga oshirishini shu paytgacha ko‘rishga muyassar bo‘lmagandim. Shuning uchun unga bu oqshom menga afsungarlik tomoshasini ko‘rsatishini iltimos qilib maktub yozgan va rikshada Misra-kun yashayotgan Onori qishlog‘iga kelgandim.
Kuchli jala ostida turgancha, men fonarning xira nurida qo‘ng‘iroq tugmasini topdim va bosdim. Eshik shu zahoti ochildi. Ichkaridan Misra-kunga xizmat qiladigan pastakkina yapon kampiri chiqib keldi.
- Janob Misra uydami?
- Albatta, albatta, marhamat! U sizni anchadan beri kutib o‘tiribdi.
Kampir shu so‘zlar bilan meni Misra-kunning xonasiga boshlab kirdi.
- Xayrli kech! Shunday yomg‘irda kelganingiz uchun rahmat!
Cho‘zinchoq yuzli va ko‘zlari katta, mo‘ylovli Misra-kun kerosin chiroq olovini pasaytirar ekan, meni iliq kutib oldi.
- Yo‘q, san’atingiz mo‘‘jizasini ko‘rish uchun har qanday ob-havoda ham kelishga tayyorman. Yomg‘ir nima bo‘libdi!
Men kursiga o‘tirdim va kerosin chiroq yoritayotgan nim qorong‘i xonaga razm soldim.
Yevropacha uslubdagi g‘aribona holat.
O’rtada katta stol, devor yonida kitob javoni, oyna oldida kichkinagina stol... Shuningdek, ikkita kursi, bor-yo‘g‘i shu. Stullar ham, stollar ham eski, shalog‘i chiqqan. hattoki, qizil gullar tasviri tushirilgan dasturxon ham titilib ketgandi.
Salom-alik tugadi. Men bir oz yomg‘irning bambuk daraxtlariga urilayotgan shovqiniga quloq solib o‘tirdim. Birpasdan keyin qari oqsoch paydo bo‘ldi va ikkita piyolada ko‘k choy keltirdi.
Misra-kun sigara qutisini ochdi:
- Marhamat, sigaradan oling!
- Rahmat!
Men sigarani tutashtirgach, so‘z qotdim:
- Menimcha, sizga bo‘ysunuvchi arvoh jin bo‘lsa kerak. Hozir men ko‘radigan afsungarlik mo‘‘jizalari jin yordamida amalga oshirilsa kerak?
Misra-kun ham sigara tutashtirganicha ayyorona jilmaydi va tutun pufladi.
- Jinlarga yuzlab yillar ilgari ishonishgan. Aytaylik, «Ming bir kecha» zamonida. Men Xasan-xondan o‘rgangan afsungarlik - sehr-jodu emas. Agar istasangiz, buni siz ham qila olasiz. Bu fan tili bilan aytganda, bor-yo‘g‘i gipnoz. Qo‘lni shundoq silkitsangiz bas...
Misra-kun qo‘lini ko‘tarib havoda uchburchak shaklini chizdi, so‘ng qo‘lini stol ustiga tushirdi va dasturxonga chizilgan qizil gulni uzib oldi. Men hayratlangancha kursimni yaqinroq surdim va gulni diqqat bilan ko‘zdan kechirdim. Hech qanday shubha yo‘q edi: hozirgina u dasturxonga chizilgan naqshning bir bo‘lagi edi. Lekin Misra-kun gulni burnimga yaqinlashtirganda uning xush bo‘yini sezdim.
Hayratdan og‘zim ochilib qolgandi. Misra-kun jilmayganicha gulni qo‘lidan tushirib yubordi. Gul dasturxonga tushib, yana naqshga aylandi. Uni uzib olishning iloji bormikan? Hattoki, bitta yaprog‘ini ham qimirlata olmasligim aniq!
- Xo‘sh, nima deysiz? Ishonish qiyin-a? Endi mana bu chiroqqa qarang.
Misra-kun shu so‘zlar bilan stol ustidagi chiroqni surdi. Shu zahoti chiroq turgan joyida aylana boshladi. Dastlab men o‘t ketib qolishidan qo‘rqdim. Misra-kun esa bemalol choy ho‘plab o‘tirardi. Qo‘rquvim bir oz chekindi va men chiroqning borgan sari tezroq aylanishidan ko‘z uzmay o‘tirardim.
Bu ajoyib manzara edi! Chiroq shu darajada tez aylana boshladiki, nazarimda u aylanmayotgandek edi. Bir lahzadan so‘ng tushundim: chiroq aslida aylanmayotgandi.
- Hayron qoldingizmi? Bular bolalar uchun ko‘rsatiladigan fokuslar! Xohlasangiz sizga yana bir narsani ko‘rsataman.
Misra-kun kitob javoniga o‘girildi. So‘ng qo‘lini ko‘tarib, kimnidir imlagandek barmog‘ini qimirlatdi. Birdan javonda terilgan kitoblar birin-ketin stol ustiga uchib kela boshladi. Ular xuddi yoz kechasidagi ko‘rshapalaklardek muqovasini silkitganicha uchib kelishardi. Men sigarani tishlaganimcha qotib qolgandim. Kitoblar chiroq ustida bir aylanib, tartib bilan stol ustiga terilardi. Keyin esa yana javon tomon ucha boshlashdi.
Yupqa muqovali kitoblardan biri esa shiftga ko‘tarildi. U bir oz vaqt stol uzra parvoz qildi, so‘ngra tizzamga tushdi. «Bu nimasi?», - o‘yladim men va kitobga qaradim. U men bir hafta ilgari Misra-kunga o‘qib turish uchun bergan frantsuz romani edi.
- Kitobingiz uchun rahmat, - dedi Misra-kun jilmayib.
Barcha kitoblar javonga terilib bo‘lgandi. Men xuddi hozirgina uyqudan uyg‘ongandek biror narsa deyishga ojiz edim. Birdan Misra-kunning so‘zlari yodimga tushdi: «Agar istasangiz, buni siz ham qila olasiz».
- Men siz haqingizda ko‘p eshitgandim. Ammo tan olaman, san’atingiz men kutgandan ham ajoyib ekan. Lekin siz, men ham buni o‘rganishim mumkinligini aytdingiz. Hazillashgan bo‘lsangiz kerak-a?
- Ishontirib aytamanki, yo‘q! Afsungarlikni har qanday odam o‘rgana olishi mumkin. Faqat...
Misra-kun menga diqqat bilan qaradi va jiddiy ohangda gapirishga o‘tdi.
- Faqat boylikka o‘ch kishi emas! Agar Xasan-xonning san’atini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘zingizdagi boylikka bo‘lgan hirsni yengishingiz lozim. Bu qo‘lingizdan keladimi?
- Shunday deb umid qilaman, - javob qaytardim men. Lekin ko‘nglimda qandaydir ishonchsizlik sezib, qo‘shimcha qildim: - Menga ustozlik qilishga rozi bo‘lsangiz bas!
Misra-kunning yuzida shubha ifodasi bor edi. Lekin u, aftidan, qaysarlik qilish odobdan bo‘lmasligini o‘yladi shekilli, rozi bo‘ldi.
- Nima ham derdim, mayli, o‘rgataman. Bu oddiy, lekin birdaniga o‘rganish qiyin, vaqt kerak. Bugun mening uyimda qoling.
- O, sizdan juda minnatdorman.
Afsungarlik san’atini o‘rganishimdan quvonchga to‘lib, men minnatdorchilik so‘zlarini yog‘dirdim. Lekin Misra-kun hech nimani eshitmayotganday xotirjamlik bilan o‘rnidan turdi va chaqirdi:
- Buvi! Buvi! Mehmon bugun biznikida qoladi. Unga joy hozirlang.
Yuragim gupillab urardi. Sigara kulini qoqishni ham unutib Misra-kunning yuziga tikildim.
Misra-kundan afsungarlik saboqlarini o‘rgana boshlaganimga ham bir oydan oshgandi. Xuddi o‘shanday yomg‘irli oqshomlardan birida men Gindza ko‘chasidagi klublardan birida do‘stlarim bilan suhbatlashib o‘tirardim.
Klub Tokio markazida bo‘lgani uchun sanoqsiz avtomobillar tomiga urilayotgan yomg‘ir shovqini Onori o‘rmonidagi kabi qayg‘uli tuyulmasdi.
Klubdagi xona ham shinam edi: yorqin elektr nuri, charm qoplangan katta kreslolar, yaltiroq parket - Misra-kunning nim qorong‘i xonasiga umuman o‘xshamasdi.
Qiz sigara tutatgancha ot poygasi va ov haqida suhbatlashardik. Do‘stlarimdan biri sigara qoldig‘ini kaminga tashladi va menga o‘girildi.
- Eshitishimcha, keyingi paytda siz afsungarlik bilan shug‘ullanayotgan emishsiz. Bizga biror narsa ko‘rsatolmaysizmi?
- Marhamat, - dedim men xuddi buyuk afsungardek ishonch bilan.
- Unda o‘zingiz istagan narsani ko‘rsating. Faqat bu oddiy fokuschi ko‘rsata olmaydigan mo‘‘jiza bo‘lsin.
Uni hamma qo‘llab-quvvatladi va kursilarini yaqinroqqa surishdi.
Men darhol o‘rnimdan turdim.
- Diqqat qiling. Afsungarlik san’ati hech qanday hiylakorlikni talab qilmaydi.
Shu so‘zlarni aytarkanman, men ko‘ylagim yengini shimardim va xotirjamlik bilan kamin ichidan bir necha dona ko‘mir cho‘g‘ini kaftimga oldim. Shuning o‘ziyoq tomoshabinlarni qo‘rqitib yubordi. Ular kuyib qolishdan cho‘chib, o‘zlarini ortga tashlashdi.
Men esa xotirjamlik bilan ko‘mir donalarining lang‘illab turishini bir oz ko‘rsatib turdim, so‘ngra ularni polga tashladim. Birdan polda jaranglagan ovoz yangradi... Qo‘limdan tushgan cho‘g‘lar tilla tangaga aylangandi. Do‘stlarim xuddi tush ko‘rishayotgandek edi. Ular hatto olqishlashni ham unutib qo‘yishgandi.
- Mana sizlarga oddiy narsa!
Va men g‘olibona tabassum bilan kreslomga cho‘kdim.
- Menga qaranglar, nahotki bular haqiqiy tilla bo‘lsa? - so‘radi besh daqiqadan so‘ng do‘stlarimdan biri.
- Haqiqiy tilla tangalar. Ishonmasangiz, qo‘lingizga olib ko‘ring.
- Yo‘q! Qo‘limni kuydirishni istamayman.
Tomoshabinlardan biri ehtiyotkorlik bilan tangalardan birini qo‘liga oldi va xitob qildi:
- Sof oltin ekan! Ey, ofitsiant, supurgi bilan chelak olib kelib mana bu tangalarni yig‘ishtirib ol!
Ofitsiant uning aytganini qildi va tangalarni stol ustiga to‘kdi. Do‘stlarim stolni o‘rab olishdi.
- O’h-ho‘, bu yerda bir ming ikki yuz ien bordir!
- Yo‘q, yo‘q, ko‘proq, yaxshiyam stol baquvvat ekan, aks holda sinib ketishi mumkin edi.
- Gap yo‘q, siz ajoyib sehrgarlikni o‘rganibsiz. Bir lahzada ko‘mirni tilla tangaga aylantirish, tasavvurga sig‘maydi!
- Bir haftada millioner bo‘lib, Ivasaki yoki Mitsunga yetib olishingiz hech gapmas.
Tomoshabinlar mening san’atimdan zavqlanishar, men esa kreslo suyanchig‘iga yastanganimcha sigara tutatardim.
- Yo‘q, boylik uchun afsungarlik san’atini ishga solish mumkin emas. Tangalarni tomosha qilib bo‘lsangizlar, ularni kaminga tashlayman.
Bu so‘zlarni eshitib, do‘stlarim bir ovozdan qarshilik qilishdi.
- Buncha katta boylikni ko‘mirga aylantirish bema’nilik-ku! - deyishardi ular.
Lekin men so‘zimda qat’iy turib oldim: Misra-kunga bergan va’damga muvofiq tilla tangalarni kaminga tashlayman. Biroq, ayyorligi bilan nom chiqargan do‘stlarimdan biri zaharxanda qildi:
- Siz bu pullarni yana ko‘mirga aylantirmoqchimisiz? Biz esa buni istamaymiz. Bu ahvolda bahsimiz tugamaydi. Men bir narsani o‘yladim: keling, biz bilan qarta o‘ynang! Siz mana shu tillalaringizni tikasiz. Agar yutsangiz - bemalol ularni ko‘mirga aylantirasiz. Agar biz yutsak, bor tillangizni bizga berasiz. Bahsimiz ikkala tomon uchun ham shu tarzda yakun topadi.
Lekin men bosh chayqadim. Meni ko‘ndirish oson emasdi. Do‘stim yanada zaharli kula boshladi. U bir menga, bir tillalar uyumiga qaradi.
- Siz bu pullarni bizga bermaslik uchun qarta o‘ynashni istamayapsiz. Yana bo‘lsa, mo‘‘jiza sodir etish uchun boylikka bo‘lgan hirsni yengdim, deysiz. Sizning bu gapingizga ishongim kelmayapti...
- Ishoning, bu pullarni sizga berishni istamaganim uchun ko‘mirga aylantirmoqchi emasman...
Biz to‘xtovsiz bahslashardik va nihoyat men taslim bo‘ldim. Qarta o‘ynash uchun pullarni tikishga rozi bo‘lishdan boshqa ilojim qolmadi. Hamma xursand edi. Birpasda qarta topib kelishdi.
Avvaliga men istar-istamas o‘ynadim. Odatda, qarta o‘yinida omadim kelmaydi. Ammo bu oqshom negadir omadim kulayotgandi. Asta-sekin qiziqishim ortib bordi. O’n daqiqadan so‘ng barcha narsani unutib o‘yinga qiziqib ketdim.
Sheriklarim mening oltinlarimni olish uchun bu o‘yinni boshlashgan edi. Lekin yutqazganlari sayin ularning rangi oqarib borayotgandi. Ularning barcha urinishlari zoe ketayotgandi! Men biror marta ham yutqazmadim. Aksincha! Men o‘yin boshlanganida qancha pulim bo‘lsa, yana shuncha yutdim. Ana shunda meni qarta o‘ynashga majburlagan do‘stim qichqirdi:
- Mana. Qartani oling! Men bor mol-mulkimni - yerlarim, uyim, otlarim, avtomobilim, barcha-barcha narsamni tikaman! Siz esa bor tillangizni va bugungi yutug‘ingizni tikasiz. Oling!
Shu payt menda ochko‘zlik hissi uyg‘ondi. Agar hozir yutqazib qo‘ysam, bor tilla-yu hozirgi yutgan pullarimni beramanmi? Lekin agar yutib olsam, do‘stimning bor boyligi menga o‘tadi! Bunday boylikka ega bo‘lish uchun afsungarlikni ishga solsa arziydi!
Shu xayol bilan men o‘zimni boshqara oladigan holatda emasdim va bildirmasdan afsungarlik san’atini ishga soldim, so‘ng rozi bo‘ldim:
- Bo‘pti! Qarta torting.
- To‘qqiz.
- Qirol! - tantanavor xitob qildim men va rangi devordek oqarib ketgan raqibimga qartamni ko‘rsatdim.
Lekin shu lahzada - mo‘‘jiza! - qartadagi qirol xuddi tirikdek boshini ko‘tardi va qartadan engashib menga qaradi. U qilichini baland ko‘tarib, iljaydi.
- Buvi! Buvi! Mehmonimiz uyiga qaytmoqchi. Unga joy tayyorlamay qo‘yavering, - tanish ovoz eshitildi.
Men birdan o‘zimga keldim. Atrofga alangladim. Men hali ham Misra-kunning ro‘parasida o‘tirar, u esa kerosin chiroqning xira shu’lasida qartadagi qiroldek iljayardi.
Barmoqlarim orasidagi sigaraning kuli hali tushib ulgurmagandi. Menga bir oy o‘tib ketgandek tuyulgandi, aslida esa bor-yo‘g‘i ikki-uch daqiqa o‘tgandi, xolos. Lekin mana shu qisqa vaqt ichidayoq men Xasan-xonning afsungarlik sirlarini o‘rganishga noloyiq odam ekanligimni ikkalamiz ham yaqqol anglab yetgandik.
Men uyalganimdan boshimni eggancha bir og‘iz so‘z deyolmasdim.
- Afsungarlik san’atini o‘rganishdan oldin boylikka bo‘lgan hirsni yengish kerak. Lekin bu qo‘lingizdan kelmadi, - dedi Misra-kun tirsaklarini qizil gulli dasturxon yozilgan stol ustiga tirarkan menga achinish bilan qarab.



Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
good soul


Post N: 17
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Kakand
Reyting: 0

Ogohlantirish: Qachondan beri rap eshtadigan bop qoldin gayrat17?
xabarga link  Jo`natilgan: 15.02.07 01:15. Mavzu: Re:


TOIR MA'DIY:
Ikki chol qissasi


Bismillohi rahmoniyr rahiym!
1.
Kechqurunlari o’zining yolg’iz sayrlaridan bo’mbo’sh uyiga qaytib u xassasini burchakka tirardida, sayrdan yengillashmagan tuguntugun oyoqlarini sudraganicha tepa xonaga chiqib ketardi. Suyaklarmi, zinalar og’ir g’irchillar, miyada tegirmon toshlari yancha bilmagan o’shao’sha bitta xayol: “Nima bo’lyapti o’zi?” va bu xayolga javob emas, tasalli topish niyatida u bir oshxonaga kirib boqar, ammo choy qaynatishga ham xushi bormay, yana katta xonaga chiqar, u yerda na chiroq yoqishini bilmasdan, na o’tirishga mayl topmay, tepada apiltapil yuvinar va kiyimini yechmay yotog’iga go’yoki bir damga yotgandek o’zini to’shar ediyu, shu yotganicha yarim mudroq, yarim bedor holatda soatlarni jismi ila kuzatar edi.
2.
Yoshlikda bir narsalarga chalg’iysan ekan kishi, televizor qo’yishing mumkin, radio eshitishing, kitob o’qishing, jilla qursa o’zo’zingni o’zo’zing har xil bo’lmag’ur xayollar bilan ovutishing mumkin. Lekin endi bularni eslashga ham mador qolmagandek. Kechalari soat ikkimiuchda yotog’idan turib u hojatxonaga kirar, hojatxonada o’tirib jumrakdan oqayotgan tomchilarga tikilib qolar yo atrofdan kelayotgan yakkkamdukkam shovqinlaru unlarni quloqqa olib o’tirardi. Ichimi shu qadar bo’mbo’sh bo’lib qoldi. Suv chakchakchak tomar, ziyrak quloq esa bo’shliqdan, unsizlikdan hamon bir sado kelarmikan degan ilinjda tinch bermay mana shu chakkani har ohangga solardi.
3.
“Keyin tushdi mushkullar” – degani ham yosh yigitning fikri bo’lsa kerak. Keyin jo’n bo’lib qolar ekan hayot. Badaning neni tuysa, miyangda ham shu. Uzun xayollarga nafas yetmay qoladi. chalg’ishlarga, yonverlarga alanglashga vaqt yo’q. “Uf” tortish jo’nligi.
4.
Bundan ropparosa ikki oy muqaddam Maxsumni yerga qo’yishdi. Ikki oy ham chol hayotida anchamuncha vaqt ekan. Bir umr vaqt. Qarilikning baxtligi bo’lmaydi. Qanday qilib qarilik baxtli bo’lsin?! Umringdan ijirg’anish bo’lmasa, ko’ngil to’lmasligi, qanoatsizlanish bor. Qaysi umr paymonasiga yetibdi?! Maxsum baxtli ketdimi? Oxirgi kuniga qadar qazoyuqadar haqida gapirib kelgan Maxsum. Lekin ko’zlari baribir bejo ediku! Baribir ko’zlari bu dunyoda bir narsani qiymagandek edi, baribir ularda armon bor ediya!
5.
Maxsum bilan birga so’nggi salkam besh yilni birga baham ko’rishgan emasmidi bular. Ikkisining bolasi chet elga ko’chib ketgach, bularni bir uyga keltirib qo’yishdi. Qudaandachilik andishasi degan narsa bo’lgich edi, bunisiga ham qarashmadi. Bitta uyni sotib pulini chollarning yebichishga berishdida, bitta uyga ikkisini tiqib, o’zlari ishlarining ketidan quvishdi. Avvaliga bularning ikkisi hech chiqisha olmadi. Bu chiqishmovchilik ilgaridan – qudaandachilik bexos boshlanganidan beri bor edi. Marlenning qizi Klara Maxsumning o’g’li Abdumannopni bir to’ygashtakda tanlab, shunga turmushga chiqaman deb turib olganidan beri oradan sovug’lik ko’tarilmagan edi. “Teng tengi bilan qop tezagi bilan” deganlaridek kommunistning qizi dindorning o’g’liga tegibdi degan gapni ko’tara olarmidi o’shanda Marlen Saidvakkasovich?! Qizini oq qilishga ham tayyor edi, lekin qizi o’shanda kuldi: “Oq qilish degani, papochka, musulümanskiy sarqit obryad emasmi?” – deya.
6.
Avvaliga sudlashmoqchi bo’ldi u. Adolatni qayta o’rnatmoqchi bo’ldi. Lekin kim bilan sudlashsin, o’z qizi bilan emasku. Quda tarafi issiqsovuq qildi desa, yana kommunistik g’oyalarga bid’atlarni suqushtirish degan ig’vo chiqadi. Xotinini “patriarxalniy” qilib so’kdi o’shanda Marlen. Xotini ham partkom bilan qo’rqitmoqchi bo’ldiyu, erining zaif fe’lini bilganligi tufayli, qulluq qilib turib berdi. E, rahmatlik xotina! Undan keyingisi bilan uch oy kam to’rt yil yashagan bo’lsada, baribir o’gayligicha qoldi. O’gay xotin o’gay ekanda!
7.
Fikr esa chuvalanibchuvalanib negadir Maxsumga qaytaveradi. Bir kuni ikkisiga bolalardan meros bo’lib qolgan katalak ikki qavatli kvartiraning nimshabida elboshining gazetadagi suratini qog’ozga kataytirib ko’chirayotgan edi, Maxsum zang qoqmasdan o’z kaliti bilan eshikni ochibdiyu, yumshoq mahsilarida farishta kabi Marlenning tepasiga kelib tikilib turganmish… Marlen Saidvaqqosovich seskanib ketiga qarasa Maxsum ham xijolatomuz: “Masjidga chiqqan edim, biroz hasratlashib qoldik…” – deydi. Javobgarlikka tortibmidi uni o’shanda Marlen: o’z ishi bilan band ediku! Jerkib berdi o’shanda Maxsumni. U ham o’z xonasiga chiqib ketdi o’shanda. Yarim kechada ohista pastga tushib taxorat o’shatganini tuydi jahl bilan o’shanda uyqusi qochgan Marlen…
8.
Mana endi bir o’zi qolib ketdi. Jumrakdan suv ham oqib yotibdi chamasi. Uni turib burab qo’yishga na hol, na mayl… Nabiralari endi o’rischasini inglizchaga almashtirib qaerlarda yurishgan ekan… Kattasi onasiga tortibdi. Bir kuni telefon qilishgan edi: “Nima qilyapsan, sinok?” – deb so’rasa – “Papam bizga kitob o’qiyapti…” – “Qanaqa kitob ekan, o’rischami o’zi?” – desa nima deydi deng: “Bilmadim kakoy, lekin bahosi yetti dollar ekan…”
9.
O’zi ilgaridan bu zumrasha anoyi emasdi. Bundan besholti yil avval Marlen Saidvaqqosovich hali nafaqaga chiqmagan, tagida davlat berib qo’ygan oppoq GAZ31, bir kun ertalab qiziga sim qoqsa, to’ng’ich nabirasi go’shakni oldi. “Ee, san nima qilyapsan uyda bu payt, bog’changga chiqmadingmi?” – “Moshina kutyapman”. – “Moshinani nima qilasan, bog’chang bir qadamku…” – “Sizning ishingiz ham bir qadamku!” – “Lekin bilasanmi, men kimman – partiyniy rukovoditel!” – “Nu i chto? A man partiyniy rukovoditelni navarasi!” – Tilini tishlab qoldi g’udurlaganicha o’shanda Marlen Saidvaqqosovich…
10.
Maxsum esa she’ru fotihani sharrilatib o’qiydigan kichigini ko’proq siylardi. Bolalari ko’chib ketgach ham allavaqtgacha masjiddan nisholdalar ko’tarib keldi. Bu nisholda keyin muzlatg’ichda po’panak bosguncha turaverardi. Birikki koyidi Maxsumni Marlen, u esa ishshayib, nam ko’zlarining qarilik shapog’iga duchor burchaklarini artib qo’yardi…
11.
Qiziq fe’llari bor edi Maxsumning. Goh o’zining xo’jayu sayid otabuvalarini sanab o’tirar, goh o’shalarning bittasi bo’lgan xolavachchasi Solixonto’raning atvorlaridan gapirib qolardi. “Anovi kuni to’ram: “Abdumannopo’g’lingiz yaqinorada kelib qolarmikan, bir ishim bor edita”, – deb meni oldingizga yuborgan edi, men ham ketgan bo’lib kuni bo’yi chorsudagi choyxonada o’tirib chiqdimda, kechqurun oldilariga borib: halimberi kelmas ekan deb qo’ya qoldim. To’g’ri aytibmanmi?” – deb so’rab qolardi. Na soddaligiga kulishingni bilasan, na quvligini hayfsanlashingni…
12.
Ana o’sha xolavachchasi Solixonto’ra bilan Maxsum Marlenni ham tanishtirgan edi. Devsifat shopmo’ylov bu to’ra o’ngida egilgan ham egilardi, egilmagan ham. “Vey, nimangga gerdayasan o’zing. Hoyyam bilan bir ursam yiqiladigan bo’ying bor ekanu, yana baqrayishinga o’laymi?!” – degan edi o’shanda bozorda tartib o’rnatib yurgan bir melisaga u. Melisa ham yerga tashlangan baliqdek og’zi bilan havoni hovuchlab qoldi.
13.
“Qo’ying, – derdi u Maxsumga qo’l siltab, – gapirmang o’sha millalariyzdi. Mendan kalit olib bo’sh kavatirimda qiz teshib yurishadi bu piyonistalariyz”. Maxsum esa bu so’zlarningmi, qo’dasimi yo endigina olqishlay boshlagan ahli ulamo xijolatida o’z nafasiga tiqilib na gap qaytarolar, na istig’forini so’zlay olardi.
14.
To’la qozon qo’y qaynatib undan siqib chiqargan bir kosa sho’rvasini ichib yuruvchi Solixonto’ra ham bu dunyoni buti ostida ushlab turolmadi. Tekis yerda qulab, tavba qildim, nene so’zlarni og’zini to’ldirib aytgan tilidan qoldiqo’ydi. Ikki kundan keyin uning janozasini ham o’qishdi. Bir paytlar ko’zko’z qilib bir xonasidan ikkinchisiga kiyib chiqqan yetti zarbof to’niyu otasi zamonidagi bir qo’rboshidan qolgan tulki qalpog’i maydachuyda jiyanpiyanlariyu xirapashsha shotirlariga qolib ketdi. Maxsum aytgich edi: o’sha tulki qalpog’ini kiyib Abdumannopga – chet eldan kinochi toping, men po’stinmdi yopinib qo’rboshini o’ynab beray, ovozini bo’lsa Nabijonga aytamiz, o’zi boplaydi, – derdi rahmatli. Mana xalq artisti Nabijonni ham xudo ko’p ko’rdi…
15.
Bu so’zlarni aytgan Maxsumning o’zi qani… Na yolg’iz o’g’li kelaoldi o’sha chet elidan janozasiga, na to’qmoqlik qarindoshlari. Intilgani atigi qirqiga yetib kirdi. Yaxshiyam atrofdagi domlarda uchto’rtta qariya bor ekan, nomiga bo’lsa ham mahalla qilib tobutini yelkalashdi. Bularni mahalla qilgan ham Maxsumning o’zi edi. Kallai sahardan Marlenni uyg’otib – Chakichmonda osh bor ekan, – deb huzurini buzardi. Keyin ikkisi dommadom yurib – o’risukarisning botin qarg’ishuso’kinchlari orasida boyagi uchtato’rtta qariyani yig’ishardida uzoqdan uzoqqa – boyagi qurg’ur Chakichmonga oqsut saharda yetib borishardi. Endi bularni boshini qovushtiradigan serka ham qolmadi. Axir Marlen bularga rahnamo bo’laolmaydiku!
16.
Maxsum bilan o’tkazgan uzoq qish tunlarini eslardi Marlen. Uydagi isitqich batareyalar o’chib, issiq suv kesilgach – oshxonada gazning to’rttala gulxanchasini yoqib qo’yib moviy shabakadagi aksiga boqib o’tirardi u. Nimalarni bahs etishmadi ular. Bir tun gap nimadan chiqdiyu, Marlen o’z otini yoqlab otasi haqida so’zlab ketdi. Otasi urushga ketgach Xarükov ostonasida bedarak yo’qoladi. Ularga kelgan qoraxatda otasining qahramonona kurashi tavsif etilarkan, o’zi urushdan oqsoq bo’lib qaytgan possovet Ashurmat: “Otang hoynahoy tanklar jangida ommaviy qurbon bo’lgan”, – degan gapni aytadi. Mana shu gap zavqida Suvorov maktabiga topshirilgan Saidvaqqos o’g’li Saidasrorga yangi ot – Marlen oti qo’yildi.
17.
O’shanda Maxsum o’zining ham o’n yetti yoshida qishloq ko’ngillilari orasiga kattaroq qilib qo’shiltirilganligiyu, shofyor bo’lib Leningrad frontiga yuborilganini aytib qoldi. Marlen surishtirib boqsa – “Hayotmamot yo’li” deb atalgan yo’lda shofyorlik qilib yurgan ekan buni o’zi bilmagan Maxsum. Ikki oy tinimsiz qatnovlarda tinkasi qurigan yigitcha bir tuni rul ustida uxlab qoladida, Xudo asrab atigi bir g’ildiragi muz yoqasidagi darzga tushib ketadi. Moshinaga o’n qavat qilib arqonlar bilan bog’lanan yashiklardan birikkitasi ham suvga qulaydi. Rost, moshinani bir amallab shatakka olib qutqarib qolishadi, lekin Maxsumning o’zini xalq dushmaniga chiqarib Sibir qilaman deb turishganda, komandiri aralashib oxiroqibat shtrafnoy batalüon qilib yuborishadi...
U yog’ini Maxsum negadir gapirmasdi.
18.
Biroq Marlen ham o’z sirini boy bermasdi. Urushdan birikki yil keyin bedarak yo’qoldi degan hamqishloqlardan besholtitasi Germaniyadan qaytib keldi, bularning ko’pini NKVD baribir tek qo’ygani yo’q – yigirma besh yilga kesib tashladi. Ammo bular orasida Qosimqori degan odam ham qaytib kelgan edi, biror kimsa mushugini pisht demadi, aksincha – raybankda revizor bo’lib boshqalarni qiyratib yurdi. Ana o’sha Qosimqori kunlardan birida Marlenni o’z yoniga chaqirtirib, namozshomda xonasidan tomorqasiga olib chiqdida, navnihollarni ko’rsatayotgan bo’lib, yigitning otasi Saidvaqqos tirikligini va legion tarqagach Turkiyaga qochganini shivirladi…
19.
Bu sirning domi necha yillab o’rtadi rayon melisasida ishlay boshlagan Marlenni. Avvaliga fitna deb bildi bu xabarni va hatto o’z himoyasini choralab qo’ydi u, biroq Qosimqori orada hech gap bo’lmagandek yuraverdi. Shunda Marlen pinhonan Qosimqorining payiga tushdi. Asta surishtirib boqsa, oblast NKVDsida uning qarindoshi rahbar bo’lib, Markazdan Qosimqori xususida so’rov kelganida uni o’likka chiqarib javob yozib yuborgan ekan. Shuning ketida yashab yurgan bo’lib chiqdi Turkiston Legionining imomi Qosimqori. Ammo Marlen ham biror kor qila olmaydi – orada tirik otasining siri bor. Shunday qilib raybank revizori ham nafaqaga chiqib, umrga to’lib bundan biror yigirma yil avval olamdan ko’z yumdi, unga yonmayon esa pog’onamapog’ona xizmat pilapoyalaridan ko’tarilib urush qahramoning o’g’li Marlen ham tomorqadagi sir yutgan nihollardek ulg’ayaverdi.
20.
Epkinsiz kechada ko’z bir zumga ilinar, allambalo bosinqirash oralab go’yo Maxsummi yo Qosimqori o’zining “Villis” moshinasida paydo bo’lib: yuring, anavi yerda bir narsa ko’rdim, jin ekanmi, shaytonmi – bilolmadim, – dermishda, – eqo’ying, otayzdan qolgan sarqitlarni aytib yurasizmi, – degan Marlenni moshinalar to’xtaydigan panagohga olib borarmishda, o’zi moshinadan chiqib: hozir kelaman, – deb g’oyib bo’larmish. Moshinaga tushib turgan chiroq ostida Marlen ham bir o’zi kabinada alanglab: umrim bino bo’lib insujins ko’rmagan edim, bular ham og’iz bor deb aytishaverarkanda, – deb uch atrofiga ko’z tikib o’tirarmish. Ochiq havoda bir narsa ko’rinsa ekan. Normalüniy odamga jin ko’rish oson ekanmi? – deb o’zicha Qosimqorilar bilan g’aybona toritishib o’tirgan bir payt… o’ng yelkasining orqasidan ohista oppoq bir qo’l suzib chiqarmishda – bu qo’l o’sib chiqqan jismga o’grilib boqishga bu dahshat ichra koshki kuch va yo majol yetsa! – oqqush bo’ynidan yasalgandek bu ilonvash oppoq qo’l ustidagi qamoqnamo naqshga rom bo’lib qolgan Marlen birdaniga qulog’i ostida: chiroqni o’chir… – degan shivirni eshitib jon holatda: Lo iloho illoloh… lo havlu illoho… – deb og’zi qaqrarmish. Qo’l esa uning tomog’i atrofida o’ralmoqchidek o’z suzishiniyu shivirini davom etaverar, u ham ikki qo’li bilan jonsarak bir holda unga yopishib – lo ilohodan ortiq nimani o’qisam ekan?! – deya tipirchilar, esiga esa hatto: Qul a’uzu birabbi nas… ham chalakamchatti kelibkelmas, boyagi qo’lchi hech yengilmasu duo kuchi ila g’oyib bo’lmas emish… Rosa moshina darchasi tomon tortdi o’sha hamirsimon po’kak qo’lni u…
21.
Uyg’onib ketgach ham bu dahshat og’ushidan chiqib keta olmadi, turib betini yuvdi, tushingni suvga ayt degan naqlni eslab – bekor oqib yotgan suv ustida hozirgina bo’lib o’tgan hodisani palapartish eslab chiqdi, qovjiragan og’zini chayqadi, yurak esa nogohon allaqachon yo’qolgan vahshat ila – qo’rquv ichida qizib ketgan qonini – tarqatib yubormoqchidek – uzoqroq haydar edi…
22.
Bir kun Maxsum bozordanmi, masjiddan qaytib: “Bilasizmi, kelasi yildan anavi kabelniy televizorga obuna arzonlasharmish, shunisiga obuna bo’lib qo’ysakmikan deb edim…” – deydi. – “Ha, inson, televizoringizning o’zi yo’qku, obunani nima qilasiz?” – deb so’raganida Marlen, Maxsum yelkasini qisib qo’yib: “Arzonlashganiga qiziqib edimda”, – deb qo’ya qolgan edi. Kulasanmi, o’lasan kishi…
23.
Lekin so’nggi yillar toza qiynalishdi ikkisi. Ondasonda u yoki bu chet elga chiqib kelgan kishi orqali bolalari yuzikki yuz dollar berib yuborgan kunlarni demasa – qotgan nonu choy shamasiga qolib ketgan kunlari ham bo’ldi. Mayliku, bularga shu kabi kunlar yalangoyoq bolalaginiyu ochnaxo’r yoshligini eslatgandir, boshqalar qanday chidarkin? Bundan yigirma yillarcha avval Marlen o’sha kunlar so’zi bilan aytganda xizmat otini qamchilab hayot maydonida javlon urib yurgan bir payt kechqurunlari ko’chaga axlat olib chiqib tashlayotgan damlarda qorong’idan za’faron yuzli, unday desa – juda chiroyli bo’lib tuyuladi – aslida yerto’lada kelasi kuzgacha qolib ketgan kartoshkadek ko’karib bitgan bir kampir paydo bo’lardiyu: Bolam, bir ushoq qotgan noning bormi? – deb uning qaytishini ham kutmasdan hozirgina bo’shatilgan axlatda timirskilay boshlardi. “Alkash proklyatiy!” – deb ijirg’anibu jirkanib o’z uyiga qaytar edi Marlen va bu masalani navbatdagi byuroga chiqarishni chamalardi. Ammo kampirning o’zbekligi yo o’zbeknamoligi uni turli zoe o’ylarga tortar: nahotki buning bolachaqasi bo’lmasa, nima qilib yuribdi tunda, qaerda yotar ekan, – deb ertasiga u ishlar domida tungi hodisani unutar va yana uchto’rt oydan keyin uning asabini sinamoqchidek bu kampir yana kutilmaganda bargu butoqlar orasidan chiqib kelardi…
24.
Ana o’sha kampirning timirskilovchi qo’li oyda boyagi qo’ldek oppoq va Marlen tomon o’girilgan yuzida negadir qoshlari orasida ilon izidek o’sma emas – lekin qozoqmi, sayramlik ayollar igna bilan terisining ostiga siyoh tomizib umrbod uchta qiyshiq nuqta qo’yganidek edi.
Birisi kuni esa Marlenning o’zi do’xtirdan qaytib kelayotsa uyi orqasidagi axlat qutisining shundoq ostida uchta norinj yotibdi. Uvol bo’ladiku, – deb engashganini biladi, biroq engashgach boyagi qutidan shu qadar qo’lansa hid anqidiki – bu yerda nima qilib yurganini bilmay talmovsirabmi, yo sharmandagarchilikdan shu holatda uch yoniga boqdi u. Baribir boyagi uch norinjni uyiga olib keldiku, lekin hanuz yeyishga tomog’i ochilganicha yo’q, hanuz uch sariq nuqtadek yotibdi shumshayib ular oyna tokchasida…
25.
“Xudoning yo’lidan adashdik, – deb izohlardi Maxsum. – Ana shuning ko’rguligini ko’rib yotibmiz”, – derdi u. Unga Marlenning xunibiyroni chiqib: “Adashmaganigizda inqilobdan avval nima bo’lib yotuvdingiz, yo ana adashmagan afg’onlar nima bo’lib yotishibdi”, – deb tortishardi. Ko’pincha Maxsum: “Ha, shunchaki aytdimqo’ydimda”, – deb ishkallikdan o’zini tortar, lekin bir safar u ham birdan: “Siz o’rnak qilmoqchi bo’lgan G’arbingiz nima bo’lib yotibdi?!” – deya isyonga bosh urganida, tutaqib ketgan Marlen: “Men G’arbni aytayotganim yo’q, o’zimizning avvalgi hayotni aytyapman!” – deyishgacha borgandi. Xuddi o’sha on ikkisining ko’zi bexosdan tokchada turgan elboshi rasmiga tushib jimib qolishgandi...
26.
Marlenning tutaqishganicha ham bor edi. Gap shundaki Maxsumning otasi Kamolxo’ja o’ttizinchi yillarda rayon melisa boshlig’i bo’lgan edi. Buni Maxsumning o’zi aytmagan esada, Marlen tegishli manba’lardan surishtirib – ho’uv o’sha quda tushish maromida aniqlab olgandi. Keyin ochilib qolar desa, bular ikkisi bir hujrada qolib ketishgach ham yorilmadi Maxsum. Otasi Sho’ro hokimiyatini o’rnataman deb xalq dushmanlari tarafidan zaharlanganiyu, buning ketida kashshofo’spirin Maxsumboy Qoripochchasining uyida qolib ketib, urushga haydalgunga dovur uchto’rt pora Kalomullohdan yod olganini zinhor bildirmas edi.
27.
Unday desa Turkistonni ozod qilaman deb fashist tomonida urishgan otasini eslabdimi Marlenning o’zi. Lekin bunisi ham mayliya, bunisini melisada ishlasang ham oshkor etishing qiyin, chunki tanho manba’ning o’z Qosimqori allaqachon sir ko’targan mirzateraklar ostidagi yerga qorishib yotibdi. Boshqa narsa egovlardi pinhonan Marlen ko’nglini. Hozirgi it yotish – mirza turish hayotdan qanoati. Qanoat ham gapmi – iftixori. Maxsumning oldiga qiroat o’rganman deb kelgan yoshyalang – gugurt chaqilmasdan chirsillab yonganida – u soatlab bu bo’qi tengi tirranchalar bilan tortishib o’tirar va bugungi hayot afzalliklarini bularga bemisol uqtirmoqchi bo’lardi.
28.
Bularning kimi “munofiq”, kimi “zamonasoz”, kimi “bechora” deb dahlizda birbiriga shivirlashib choriqlarini ilarilmas chiqib ketishar ekan, Marlen Maxsumdan xafa bo’lar: “Bulardi siz uyga ikkinchi qo’ymang! Chto vû? Bularingiz ekstremistku, radikal fundamentalistku!” – deya chaqa bo’lib qolgan g’azabini qudasiga sochar, qudasi ham xijolat tortib yo bulardan qolgan piyolalarni yuvishga kirishar, yo dahlizni supira boshlardi. Marlen ham qo’lini siltaganicha o’z xonasiga kirib ketar va kechgacha rayon kutubxonasidan o’tgan hafta olib kelgan bir parcha kitobi: “Eslam: pravda i vûmûslû”ni bularga qarshi hijjalashga kirishardi.
29.
Idishtovoq yuvishinimi, dahlizu zinalarni supirishini davom ettirgan Maxsum ham rahmatli xolavachchasi Solixonto’radan bir paytlar qo’qisdan eshitgan gapini eslardi. “Vey, qudayz o’zi dindor oiladan bo’ladi, bolalagida otasi unga Yosindiyam o’rgatgan ekan…” – degan edi bir safar Turkiyadan qaytib kelganida to’ra. Rost, gap tezda uning Turkiyaga ko’tarib borgan o’n kilo toza asaligayu, sakkiz dona xarbiy durbiniga borib taqaldi o’shanda. “O’nashini puliga movi tillo uzukdi oldim,” – deb Solixonto’ra birovlarning bilagidek barmog’ini ko’zko’z qilgan edi.
30.
Qudasidan yuz xotir qilib bularning barini surishtirishga andisha qilgan Maxsum qaydan bilsinki, shu lahza o’z xonasiga qamalib olgan Marlen ham kimnikimni – Maxsumning onasi Rahimaopa ruhini xotirlab o’tirardi. Buni ham u o’ziing tegishli manba’laridan o’sha ilk davrlarda bilib olgandi. Ular quda tushishganida Maxsumlarning uyida jinnigami, kasalga chiqarilgan bir kampirning qorasi ko’rinib qolardi, lekin birovning ko’zi tushishi bilanoq uni o’sha zahoti Maxsumning xotinimi, yo yana kim ichkari xonalarga tortib ketishardi. Bu ayol o’ttizinchi yillarda o’z melisa erini yerga ko’mib bolasini qishloqda qoldirgach, o’zi shaharga kelib avvaliga tekstil kombinatga ishga kirgan, kechalari FZUlarda o’qib davr ilg’orlariga aylangan. Urush payti esa erkak tanqisligida partiya raxbari bo’lib: “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun!” shiori ostiga xotinxalajni quvib yurganligini Marlen hujjatlaru guvohlardan bilib olgan edi…
31.
Dunyo ishlari qing’ir ekan. O’zining qishloqda qolgan onasi vaqtibevaqt otinoylik qilib yurganini eshitib qolgan Marlen o’sha qaltis yillari hamono uni o’z domiga ko’chirtirib qizi Klara qaramog’iga topshirgan edi. Studentka Klara kampir bilan faqat o’rischa gaplashar, uni uyga olingan oqsochmi, cho’ri sifatida bilib, o’rtog’u dugonalarini kampirni kalaka qilish uchun uyga boshlab yurardi. “Babushka, posmotri – voda na plite sogrelasü?” – deb sherklariga ko’zini qisib qo’yardida, sodda kampir barmog’ini suvga botiriboq og’ziga solganida – sharaqlab kulib yuborar, o’sal bo’lib qolgan kampir esa barmog’ini qo’lidagi sochiqqa o’rab ko’ksiga bosganicha ko’zlarini miltillatib turardi. “Òû õîòü ðóêè ìûëà?” – deb so’rardi kulgisi tugagach Klara. Bunga bechora kampir azbaroyi gunohkorona holatda – tili qovushmas bir lahjada: “Mulyon ras mila, mulyon ras…” – deb javob berardi. Ana yana qahqaha…
32.
Soat necha bo’ldi ekan?…
33.
Yoshlikda ham o’nta tundan bittasi uyqusiz bo’lib chiqadi. Yo’q, anavi bedor sevgi yo ishrat tunlari emas, ko’rpaga burkanib uxlay olmaydigan tunlaring. Fikr ilgarilari boribborib yana o’shanga taqalardi. Suvorov maktabida bir naql bo’lgich edi: imtihon oldidan Fomchenkov degan komandir: “Mujiki, pered ekzamenom nado vûspatüsya, poetomu o piz… ni slova!” – derdi, chunki agar demasinchi – vzvod g’uvvillab – nuqul domod arilardan tashkil topgan uyadek allamahalga dovur tinchimas, boyagi qurg’urni yuz ming maqomga solib, yigirma sakkiz miyaga chotu butlarni tamg’alab holsizlantirmaguncha qo’ymas edida! O’sha paytdan meros bo’lib qolganmi, yo erkak zotining turgani shu ekanmi – haligi bedor tunlarning turganbitgani shu haqda edida…
34.
Mana endi bu sharmanda xayollarga ham quvvat qolmagandek. Lekin vasvasadan qutilib poklikka yetishdik deb o’ylashning o’rniga negadir ko’ngilni shu on ham armon bosadi. Bir zamon Marlen Temirtog’ kurortiga ketganida qizi Klara sim qoqib qoldi. Tinchlikmi? – deb so’rasa – Mana, babka senga bir narsa demoqchi, – deb go’shakni Marlenning onasiga uzatdi. Onasi: “Bolam, aytganingdek do’xtirga chiqqan edim, bir dori aytdi, oti ativi ekan… SHuni yuborvorasanmi?” Temirtog’u Beshtog’ atrofidagi barcha hamkasblarini ishga solgan edi o’shanda Marlen Saidvaqqosovich. Axir “Ativit” degan chet eldan kelgan tanqis dorini topib kelishdiyu, onasi uchun demaganmi – negadir yuzlari qiyshayib berishdi uni. O’sha kunning o’zidayoq dori birinchi samolyot styuardessalari orqali O’zbekistonga yetkazildi.
Marlen uyga yetib borganida qizi: “Mamangga nima yubording o’zi?” – deb so’radi. – “Nima edi?” – desa – “Homiladorlar uchun dori ichib yotibdi”, – deydiyu piqirpiqir kuladi. Marlen ham do’xtirlardan surishtirib boqsa ular kampirga ATF degan dorini buyurishgan ekan…
35.
Kampir ham o’shanda talaffuzi hisobidan ancha quvvatga kirib oldi. Lekin Maxsumning onasi Rahimaopani eslayotgan edi u hozirgina. Jo’ngina va muhtasham qilib uni “Opa” deb chaqirishar ekan. “Opa” deb kimlarni va nimalar uchun chaqirishmadi. Nimalar uchuni ham ma’lumu, ammo bunisining ko’nglida yozilmas tuguni bor ekanmi, bilganlarning aytishicha qarigani sari boyagi nimalar ustiga yana ichishga mayli kuchayib borgan ekan. Ichib olib na shovqin solar, na janjal ko’tarar, balki aksincha, ishshayib – yoniga kelgan odamni so’laklarini oqizganicha o’pishga kirishar ekan. Ba’zan bu so’laklarga yoshlari ham bulanib bir narsalarni tuturiqsiz javrabjavrab yig’lab olar ham emish…
36.
Maxsumning ham o’sha paytlar onasiga qo’shilib ichib yurganini aytishadi. Kim bilsin… Birining so’zlariga ko’ra u ichib olganida negadir qarindoshlarining eshiklariga borib – ichkariga kirmasdan – tashqaridan bularning barini otabuvasidan tortib to bolachaqasiga qadar qavatqavat, bolaxonador qilib soatlarcha so’kib kelar ekan. Marlen Maxsum haqidagi bu so’zlarga ko’pam ishonmasdi. Yana kim bilsin…
37.
Fikrlar chalg’ib ketyapti… Nega o’zi Maxsumga shunchalik bog’lanib qoldi u? Umri bo’yi hech kimga ishonmasligu, hech kim bilan do’st tutinmaslikni o’rganmaganmidi, umr bo’yi har bir ishni o’z qo’li bilan qilishga ko’nikmaganmidi? Tap tortmasdan Klaraning maktab choriqlarini o’zi yamayverardi, yo xotinining qishki etiklariga poshna qoqib ustidan nag’alini ham o’zi boplab mustahkamlardi. Kezi kelganida Klaraga yangi pianino olingach uni sozlash lozim bo’lib qoldi – o’shanda u: “Birovlarni chaqirib yuramanmi, sen qizim menga notasining to’g’ri yo noto’g’riligini aytib tur, murvatlarini o’zim burayveraman”, – deb ovrupacha kuylari ham maqomlarga mengzab chiqadigan bir pianino yaratib tashlagan emasmidi… Hech kimga ishonmasligiyu hech kimni o’ziga yaqin tutmaganligi esa lavozimdan nafaqaga chiqqan chog’iyoq – o’sha payt tirik bo’lgan xotiniyu qizi mustasno – atrofining yapyalang bo’lib qolishida aks etmaganmidi yo? Lekin u g’am yemas ediku: qaytamga eski g’alvalarni qaytadan boshimga ko’tarib kelishmay tinch qo’yishsa bo’ldi degan xayolda yashab yurmadimi? Nega endi Maxsumni shunchalik qumsayapti u?..
38.
Bolaligida bunaqalarni “yakka mohov” deyishardi.

Kal, kal, omoda kal,
Iski choponini yamodi kal,
Kal boradi poraga,
Ko’tini qo’yar zog’oraga…

Unday desa bir paytlar Marlenning ham ikki do’sti bor ediku, biri – armani Vazgen, ikkinchisi – juhud Mosya. Vazgeni – yuz oltmish kiloli avtoslesarü, juhudi esa – ketmon sopidek qotma bichuvchiyu tikuvchi edi. Ketmon sopidek deganda ham – ketmonni sopiga qo’yib qo’yganidek – boshida hamisha dosh qozonning qopqog’idek furajkasi bo’lardi. Marlenning eski “Moskvichi” bo’lgich edi, tiq etdimi – Vazgen o’zi boplardi, kiyimkechak uchun ma’sul esa Mosya – Marlen tugul xotinu Klarani ham yasatiribtusantirib – “Krestüyanka”mi “Rabotniöa” jurnallarida neki bularga yoqsa o’shanaqasidan tikib berardi.
Vazgenning bochkalab ichishiniyu Mosyaning tirraqiligini demasa, ulardan zo’r do’st yo’q edi.
39.
Tirraqi bo’lsa bo’libdida! Mosya buni berkitmas edi. Aksincha – fahrlanardi. Negaki urush paytida jabhada shu narsasi tutib qoladida – urushni tashlab handaqdan o’ttiz metrlarcha chekaga chiqib ichakburg’isini bir yoqlik qilib tursa – boyagi handaqqa to’p o’qi tushadiyu – vzvodidan bironta odam tirik qolmaydi… Mana shu narsa meni qutqarib qolgan, – deb yurardi bechora Mosya.
40.
Vazgenning ichishida ham o’ziga yarasha karomat bordek ekan. Bir zamon bularning uchchovi baliq oviga chiqishganida Vazgen yorilib qoldi. Uning avvalgi o’ris xotini oyog’iga suyuqroq ekanmi, Vazgen allanima narsalarni payqay boshlabdi. Ularnikiga kim ko’p qatnar ekan – Vazgenning bojasi. Goh xotini bilan qaynisinglini ko’rish bahonasida, goh o’zi yana allambalo vajhlar bilan, lekin oyog’i uzilmasmish. Bir kuni Vazgen bularni sinamoqchi bo’libdi. Nima qilibdi – rosa ichiribdi. Orada o’zi ham qolishmabdi. Keyin o’zini uxlaganga solib – tappa qulabdi. Anavilar biroz vaqvaqlashib o’tirishibdi, keyin shivirshivirlar, cho’lpcho’lplar chalina boshlabdi Vazgen qulog’iga. Lekin avjida turib ikkisini gum qilaman, – deb zo’rakasiga yotaveribdi. Shu yotaverganidan – ishonasizmi – chinakamiga uxlab qolibdi. Tursa – yarim kecha, hovlida itlar vovvullab, eshik lang ochiq. Yotoqqa kirsa – xotini dong qotib uxlab yotganmish. Nima qilibdi o’shanda Vazgen – shappa qo’lini xotining andomiga solibdi – jiqqa ho’lmish. “O’ldiraman! – deb oshxonaga pichoq olish uchun tashlangan ekan – mast emasmi – ikki qulab bir dumalagunicha sassiqpopishak xotini ustidan xatlabdiyu, shu bo’yicha hayotidan g’oyib bo’libdi…
“O’ldirsam – hozir qamoqda chirib yotardim!” – der edi har ichganida sho’rlik armani.
41.
Ikkisining ham o’lib ketganiga o’n beshyigirma yillarcha bo’lib qoldiyo’v! Maxsum istisno bulardan boshqa do’st ko’rgani yo’q Marlen. Biroq Maxsum ham do’st emas edida! Quda ham do’st bo’ladimi?!
42.
Chet elga ketishlaridan uchto’rt yil avval Klara qo’qqisdan Abdumannopdan ajrashadigan bo’lib qoldi. “Bunaqa lallaygan erning keragi yo’q menga!” – deb qoldi. “Nimaga qo’l urmasa – eplolmaydi landavur! Bunisiyam maylikuya, xotinini tuzukkina qoniqtirolmaydigan er ham ermi – xotinchalish hezalakning o’zginasiku!” – deb dashnomlar yog’dirdi.
O’shanda Marlen qizi yo kuyovi bilan pachakilashib o’tirmadi, xonasiga qamalib rosa uch soat o’tirib qudasiga bir maktub yozdi. Avvaliga durustroq chiqsin deya, ruschasiga oldi, ammo xat yarimlab qolgach, qudasi o’rischaga no’noqroq ekanligini tushundida, endigina qorallaganini – elliginchi yillarda xaridlanganu chang ichichiga kirib yetgan “Russkouzbekskiy slovarü”ni olib – o’ziga ko’pam tanish bo’lmagan yozma o’zbekchaga o’gira boshladi.
“Hurmatli quda! Xatimning birinchi qatorida ruxsat eting izhor etishga o’z hurmatimni. Men hamisha hisoblardimki, bizning munosabat yaxshi qurilgan edi, toki faysalga solingan problemalar barini buzmadi. Menga qorang, men sizga aytib qo’yay, orada muchuchadek… (keyin bu so’zni o’chirib ustidan “muchichadek” – deb yozdi) ikki bola bor. Men qodirman ularni boqib olishga va tarbiya berishga, lekin bu holatda, aytib qo’yay, siz men bilan gaplashasiz…”
Xat o’shanda rosa besh bet chiqdi. Oxiriga borib Marlen uni punktmapunkt, “Slovarü”da aytilishicha banddmaband qilib tashladi, orachura og’zaki til namunalaridan ham ilashtirib ketdi, so’ngida esa byuro qarorlariga o’xshash xulosalar bitishni ham unutmadi. Ertasiga erinmasdan o’zi qudasining hovlisiga borib bu xatni eshikdan qorasini ko’rsatgan Rahimaopaga topshirib keldi. So’lagi oqqan bu telba kampirning: “Kiring, quda, otamlashaylik…” – deyishiga ham qaramasdan burildiyu, uyiga qaytdi…
43.
Yoshlar o’zicha yarashib ketishdi. “İru xotinning urishi – ho’l dokaning qurishi” – deganlaridek. Chet elga ham ahil oila bo’lib chiqib ketishdi. Biroq qudasi o’sha xatni hech qachon eslagani yo’q. Hatto yoshlar chet elga chiqib ketishayotganida tayyorada bir noshud styuardessa uxlab yotgan nabirasining oyog’iga qaynoq demasa issiq suv to’kib yuborgach, bundan xabardor bo’lgan Marlen “Havo yo’llarining” ustidan turli yuqori muassasalarga betbet shikoyat yozganida ham avvalgi maktubni Maxsum yuzga solgani yo’q. Qaytaga rasmiy maqomga yo’rg’alabyo’rg’alab o’tayotgan o’zbek tiliga ondasonda sayqal berib turgandek ham bo’ldi.
Va aksincha, Marlenning o’zi – ayniqsa endi yolg’iz qolganida – o’sha mash’um xatni tinimsiz eslab, negadir o’zidan o’zi utanar edi…
44.
O’ylab ko’rsa – ko’p narsalar xijolatlantirardi endi Marleni. O’shanda qizi erimdan ajrashaman deb turib olganida – qudasiga maktub bitgani bir gapu, qizini bir tanishi orqali o’t o’chiruvchilikka kirg’izib qo’ymoqchi bo’lganini aytmaysizmi! “Bolalaringni o’zing boqib olasan, qilganing Alyo, nolü bir, eshitaman! – deyish bo’ladi, lekin ofiöerlik unvoni, oyligi ham tegishli, pensiyasini aytmaysanmi…” – deb rosa maqtashga tushgan edi, biroq boshqasiga miyig’ida zaharxanda qilib turgan Klara so’ngisidan chirsillab ketdi: “Pensiya, govorishü?! Sam tû na etu govyonnuyu pensiyu mnogo pokupaeshü?! – Kilogramm myasa v mesyaö!!!” – dediyu, eshikni sharaqlata yopib chiqib ketdi.
45.
Shu yerda yuragi negadir sancha boshladi. Bunisi oshqozon og’riganida ko’krakka tarqaladigan og’riqlardan emas, chinakamiga yurakning og’rig’i edi. Chol qorniga yotib boqdi – o’tmadi. Chalqanchasiga uzaldi, qo’lini ko’ksiga qo’yib uqalagandek bo’ldi – baribir qarigan yurak qizishib, achishtirib og’rir edi. O’zi nafaqaga chiqqan kunidanoq Marlen xotiniyu, bolachaqasining miyasini qoqib: İndi bu yog’iga qarib qoldim, bugun bo’lmasa ertaga o’laman qabilidagi nolishlari ila qo’llariga tutqizgan edi. Keyinchalik Maxsum bilan ikkisi bir go’r bo’lib qolib ketishgach, Marlen: “Qorang, tizzalarim shishib ketdiya… Buyag’iga tayyargarchiligiyzdi ko’rib qo’yavering…” – deya, kun bo’lmasa kunora shikoyatlanganida, qudasi kulib qo’yardida: “Siz hali mening azamda shamollab yurmasangiz…” – deb hazillashardi. Mana, hazili ham chin chiqdi.
46.
Lekin yurak tinimsiz og’rirdi. Negadir allaqanday ezgulik – xuddi bu so’z ham ezilishni anglatgandek – xotiraga hijolatomuz hodisalarni to’plar, yurak esa bularning barini kechirib ulgirishga entikkandek achishardi. O’shanda qizi Klara o’t o’chiruvchilikka ko’nmay eshikni sharaqlatib yopib ketganida, Marlen ertasiga o’z kuyovini uyga taklif etgan edi. Miq demaydigan bu yigitni o’ngiga o’tqazib: “Xotiningizga qarasangiz bo’lmaydimi, sal qattiqqo’lroq bo’lish kerak, xotin zotini gah desa qo’lga qo’nadigan qilish lozim, xotin degani qul degani”, – deb rosa javrayotganida, kuyovi ko’zini ko’tarib: “Dada, bu fikrning ham quli bo’lmagan tuzuk!” – desa bo’ladimi. Marlen rostini aytganida o’zining jo’n aqli ila bu so’zlarning ma’nosiga yetgani yo’qku, lekin miyasida bir narsa “chiqq” etib, elektr jihozlar tok ortib ketganida chiyillab yuborishganidek u ham stolga mushtumi bilan taqillatib: “Kuyov bola, siz mening jahlimnichi chiqarmang…” – deganini eslab, endi negadir ezilardi chol.
47.
Chol, chol deb o’ylaysanu kishi, chol deganida ilgarilari soqollari oppoq nuroniy pirlarni aytishardi, endi esa chol degani ham – na yoshining, na boshining tayini yo’q – qirqida qanday bo’lsa oltmishuetmishida ham xuddi o’shanday – qarimagan, balki eskirgan – inson tugul, shaxslar emasmi. O’zingni chol deyishga ham uyalasan kishi…
48.
Tahorat ushatmasang, namoz o’qimasang, masjidga chiqmasang… Qidirgan haqiqating esa kechalari xonangga qamalib Bibisi va yo “Ozodlik”ni radio to’lqinlarda tutish bo’lsa… Ularning chalachulpa – o’zingnikiga o’xshagan o’zbekchasidan ham ko’ngling qolib – birini otinchaga, boshqasini mulla mingan eshakka, uchinchisini g’o’ddaygan karnayga o’xshatib – eshittirishning yarmida o’chirib qo’ysangda, lekin ertasiga yana bir narsadan bexabar qolamanmi deb, yana o’shao’sha radio qulog’ini burasang – shumi yetishgan kamoloting?
Lekin Maxsummi kamolotga yetishgani?
49.
U ham soqolini selkillatib – o’shao’sha dushman ovozlarini o’z xonasida o’z radiosida tinglab o’tirardi. “Quda, eshitdingizmi, Obidxonqorining va’zlari hali ham bor ekanda, yo ilgari yozib olishganmikan?” – “Hada, bularning yarmi yuz taroziga solinib, avvaldan tayyorlangan narsalar. Odam shunchalik ham sodda bo’ladimi?! Obidqori, Obidqori deysiz – u yigit o’g’lingiz tengi keladiyu, siz uni salla qilib boshingizga ko’tarib yurasiz… Yoshingizga qarasangiz bo’lmaydimi!” – deb koyirdi Marlen qudasini. Qudasi esa: “Aql yoshda emas, boshda deb o’ylagan edimda” – deb qo’yaqolardi.
50.
Shunda Marlen qizishib ketardi: “Nu chto vû, chyort poberi! Nima keragi bor bunaqa gaplarni… Yoshdaboshda… Armiyada bilasizmi – ded yestü ded! Xayotda ham xuddi shundoq! A to yoshbosh vsyakiy…” Bu gaplardan Maxsum ham sapchib ketardida: “Ha, mana ikkovimiz ham yoshlarimizga qaram bo’lib bir go’r bo’lib yuribmizu!” SHunda Marlen qo’lini siltardida, o’z xonasiga kirib ketardi. Ikkiuch kungacha u arazlab Maxsum bilan gaplashmas, keyin mahallada ubu maraka chiqib qolib – yo’l bo’lishishmi, moshina topishmi – allaqaysi g’alvalar ustida boyagi oldiqochdi gaplar unutilar va qudalar yana “Bibisi” va yo “Amerika ovozi”da eshitganlaridan hangomalashib ketishardi.
51.
Rostdan ham ilgari chollar boshqacha bo’larkanmi? Qarigach bolaligingni eslashdan uyalsang kerak deb o’ylardi ilgarilari Marlen, lekin hanuz ko’zini yumsayoq orada oltmisholtmish besh yil to’g’on bo’lib yotmagandek. Endigina bozor oldidagi hovlilariga tog’lardan tushib kelgan qirg’izlar otlarini bog’lashayotganiyu, u – yosh bola – bularni bozorga olib chiqishi. Darvozadan chiqaverishda, soy yoqasida Qosimtaqachi – kimga ketmon payvandlagan, kimning eshagiga taqa qoqqan – ishi avjida, meshlardan o’tlar lovlov etib purkar, bolg’a esa tinmasdan taqqillar… Lekin endi o’ylab boqsa – qari degan Sotimtaqachi ham boyagi Obidqorilarning yoshida ekanmi o’shanda.
Taqachidan yuqoriroq – kolxoz qurgan elektr stansiyasi. O’zi soydan tarmoqlangan qirra qirg’oqli kanalcha ham shunga qarab tortilgan. Stanöiyadan chiqqan suv esa yana sharroslab soyga oqib tushaveradi. Soy ko’prigidan o’tsangoq – go’ristondan kelayotgan ko’chaning yonbag’rida – cho’loq Sotimsoatsozning kichkinagina kulbachasi. Qishlog’u atroflarda neki soat bor bo’lsa – barini uning qadoqli qo’llari ko’rib chiqqan.
Chollarni eslayotgan edimi u…
52.
Uyqusizlikdan bosh og’rigich edi, endi bunisi ham yo’qoldi, umuman, osmon ham yorisha boshlagan o’xshaydi – alg’ovdalg’ovlik ham xush tetikligiga almashib bo’lgandek. Ilgarilari o’ninchi lampa shishani tozalab ichiga puflaganingda bir damga uni hovuringning bug’i bosib keyin yorisha boshlagandek bir gap – ong shishalari yana yorisha boshladi. Undan esa o’tkir bir og’riq bu safar yurakni emas – butun ko’krakni teshib o’tgandek bo’ldi. Maxsum mana shunaqa payt jon taslim etgan edi.
53.
Marlen negadir shu on o’z xotinini esladi. Rahmatli Zakiyaning qiziq bir fe’llari bo’lgich edi. Marlen uni buralab so’kardi, shapaloq tortib yuborishdan ham toymasdi, biroq o’ylab boqsa – hech qachon Zakiyaning izmuyo’rig’idan chiqmagan ekan. Tomchilardi Zakiya: u yog’dan bir tomchi, boshqa yoqqa o’tib yana bir tomchi, bularni unutdim deganingda tag’in bir tomchi – qarabsanki, miyang allambalo ishlarga pishib yetgan – o’zim qildim deb o’ylaysanu – endi tuzukroq fikr yuritsang – bularning bari Zakiyaning kirdikorlari ekan. Marlenning butun dunyo bilan munosabatlarini o’rgimchak to’ri qilib o’rab tashlagan ekan rahmatli xotin. O’rgimchak to’ri ham gapmi – naqd pilla qilib ajratib qo’ygan ekan dunyodan o’z erini. Shundanmikan Marlenning Maxsumni qumsayotgani?
54.
Badaniga o’ralib qolgan oppoq choyshabdan xalos bo’lishga urinib Marlen boshini yotoq qirrasiga urib oldi. Terlab ketgan ekanmi, yo qonadimi boshi, tonggi nimshabda kaftidagi yanchilgan tomchi chizig’i uning ko’ziga ilinmadi. Butun umr – ertaga aqlliroq bo’laman, ertaga bir narsaga yetishaman deb yashaysan kishi, lekin hayot davom etaversada – badan qarir ekanu, uning ichidagi emas – ketidagi ruh esa o’shao’sha – ko’z yummasdan uch yoshingda qanday bo’lsa, yetmish uch yoshingda ham xuddi o’shanday qarab turaverar ekan. Nimani kuzatar ekan bu ruh? Kuchanishu chiranishlaringnimi? Yolg’onlaringu ro’yolaringnimi? Gunohlaringu zaifligingnimi? Mana, qo’yningdaman, sen bilan birman, – deydiyu, laqqillatib, aldab yuraveradi. Uch yoshingda xarsang tosh ustida qanday elitgan bo’lsa, yetmish uch yoshingda ham bedorman deb xushingni o’g’irlaydi…
55.
Jiddiylik yo’qolib ketgandek bu hayotdan. Bari – yasama, erish, soxta go’yo. Xumkalla chollarning yuzida tuki yo’q, Maxsumning oldiga kelgan yoshlar esa ketmon soqol qo’yib – yuzini bir parcha qilib yurishibdi. Maxsumning janozasini ham shular boshqarishdi: mahallaga – unday qiling, bunday qiling deb yo’riq berib turishdi. Chol deganlari esa – bir poda bo’lib bir avtobusga kirishdi, bir mozor boshida g’oz qator bo’lib yurishdi, bir – oshga kelib, navbatda turishdi. Dunyo o’qidan chiqib ketdimi?
56.
Anavi kuni poliklinikadan chiqib yonginasidagi – yangi o’zbekchada “Sochtarashxona” deb yozilgan sartaroshxonaga kirganida u yerdagi yosh bola kursiga qo’li bilan taklif etib, keyin: “Nu chto, starik, kak tebya strichü budem!” desa bo’ladimi. “Bolam, o’zbeksmisan?” – deb so’rasa, – “Xe, nimaydi?!” – deydi. Bu qadar odobsizligi uchun so’kay desa – zumrashaning qo’lida ustara, indamay desa – yuragi g’azabdan halqumiga tiqilgan.
Ustaraning boshga birinchi tegishidanoq – qon tirqirab oqib ketgan edi. Hozir ham yotoq qirrasi o’sha yarani pachoqlab yubordimikan?
57.
Hech kimi qolmadi dunyoda Marlenning. Maxsum o’tgach so’qqabosh bo’lib qoldi yana. Tushiga esa bir kuni otasi kiribdi. “Bolam Saidasror, Turkiyaga bir kelmaysanmi? – dermish. – Bu yerning dengiz havosi shunday musaffoki – yuz yil yashasang ham yosharib yuraverasan! Kelsang masjidlaridan nisholda olib kelardim…” Marlen esa o’zining yetmish uch yoshligidanmi, yo yetmish uch yosh bo’laturib yana bolalik holatiga qaytganidanmi, yo bularning bari alg’ov ro’yoligini anglaganidanmi – yig’lamoqchi bo’larmishu, ko’zidan hech yoshi oqmasmish…
58.
Uyg’onib uzoq o’ylab yotdi bu tushini. Otasi tirik ekanmikan hanuz? Uning manzilini bilgan Solixonto’ra ham o’tib ketdi. Qaerdan topadi uni? Topganida ham qaysi bitiga boradi Turkiyaga? Pulini to’g’irlaganida ham nima deb boradi otasining oldiga? Maxsumning hajga borish armonidan bo’ldiku bunisi! Maxsum ham rosa intildi – masjidini to’g’irlaganida – puli bo’lmadi, pulini yig’ibterib, qarzparz qilib rostlaganida, masjid uni qora otliqqa chiqarib qo’ydi. Yana qaytardi boyagi ustomon yoshlarga pullarni beiloj Maxsum.
59.
Bolalari chet elga chiqib ketishayotganida bularga qafasda ikkita mitti qushchasini tashlab ketishgan edi. Biri – qizg’ish, biri – sarig’. Bular tor qafasda biribirini quvlab qolar, tumshuqlarini yirgancha birbirini qo’rqitar, ayniqsa qizg’ishi sarig’iga kun bermas, qaysi qo’nalg’aga o’tirsa – ketidan pirr etib xuddi o’sha cho’pga qo’nar va sherigini haydar edi. Boshqa payt quvg’inlik joniga tekkan sarig’i patlarini xurpaytirib, tumshug’ini cho’pga qayraganicha qizg’ishga qarshi hamla qilardi va to qornini to’ydirib olmas ekan – qizg’ishini oxurchaga qo’ymasdi.
Ondasonda ikki chol xonada derazayu eshiklarni tambalab bu ikki qushchani qafasdan chiqarib yuborar, uchishga uquvi yo’q bu ikki qushcha qafasning tashqarisida birbiriga yopishib har sharpadan xayiqishar, keyin ulkan tuvakdagi karamgullardan biriga qo’nib uning barglari ostida o’zlarini panalashar edi. Ana o’sha yerda ham qizg’ishi votikutilik qilib sarig’ining ketidan qolmas: “Uchmaysanmi!” – deya bechorani xona pardalariga quvlar, o’zi esa yaproqlar orasida pismiqqina o’tirib sherigining tipirchilagan parvozini kuzatardi.
Keyin bularning ikkisi til topishib deraza ortida uchib yurgan ulkan qushlarga qarab o’tirishar va gohnogoh dumlarini likkilatib allaqaysi osmonlarga intilgandek bo’lishardi. Bularga mahliyo Marlenning esiga qaydan ham bolaligi tushib, bexosdan: “Tog’dagi tashaqqa butini yirib o’tirishar ekanda!” – deb yuborganiyu, bundan Maxsum: “Astag’furillo!” deya, hiqichoq tutib tinimsiz bir soatcha kulganini aytmaysizmi.
İndi o’ylasa – o’zlari ham o’sha ikki qushchadek ekan bu dunyoda…
60.
Sayroqi qushlarning bari tishi bo’lar ekan, boyagilarning ikkisi ham erkak edi. Nima bo’ldiyu – bulardan sarig’i bir kun cho’zilib qoldi. O’ziga qaraganida qushcha boshqa ekanu, yotib qolsa – boshqa. Jo’jadek – bo’yniyu oyoqchalari ochilib qoldi bu bechoraning. Ko’zlariga ham parda tortilib zo’rbazo’r nafas ola emas, bera boshladi u. Maxsum uni kaftiga qo’yib silay boshladi, badanlarini uqaladi, suv berib ko’rdi, lekin bularning birontasi yordam bergani yo’q, kechga borib qushchaning joni uzildi.
Avvaliga qizg’ishi qizishib – o’ziga qolgan qafasda hakalak otib qo’nalg’adan qo’nalg’aga sakrab yurdi, biroq yuragi bir narsani sezdimi, qafasning simlariga qo’nib boshini bir u yoqqa, bir bu yoqqa qayrib har tomondan o’rtog’ini qidirgandek bo’ldi. Odatda soat olti bo’lmasidan xurpayib uxlab qoladigan bu jonivor yarim tungacha tingani yo’q.
İrtalab bular uyg’onishganida u allaqachon qafasga biriktirilgan oxurchadan donlarini sochib tashlagan, jajji paqirchadagi suvni esa ostidagi qumga to’kib bo’lgan edi. Odamlarku histuyg’ularini berkitisha olarkan, lekin jimjiloqdek bu jonzotning tipirchilab qolishini kuzatish og’ir ekan.
61.
Uzoq yashagani yo’q yolg’izlikda qizg’ishvoy. Buku – tirik bir jon ekan, Marlenning yoshligida qaynotasi o’z qiziyu kuyoviga bir xil soat olib bergan edi – juft bo’lib taqib yuringlar deya. Bir balo bo’ldiyu Zakiya o’z soatini yo’qotib qo’ydi. Yo’qotgan kuniyoq Marlening qo’lidagi soati ham taqqa to’xtadi! SHahar tugul qishloqdagi Sotimsoatgacha ko’rsatib chiqdi – hech kim tuzata olgani yo’q. YUrishi kerak – deyishadiyu, soat koshki bir qadam qo’ysa… Ana qizg’ishvoyni ham ikki chol – qo’niqo’shnidan uyalib yarim kechada domning orqasidagi yalanglikning chekasidagi teraklarning tagiga – sarig’ o’rtog’ining yoniga ko’mib kelishdi…
62.
Maxsumni berib qo’yganida Marlen ham o’zini shu qushcha yang’lig’ tuydi. Odamlar o’ngida bildirgani yo’qku, ammo bir o’zi qolgach – rosa yig’ladi, ho’ngrabho’ngrab yig’ladi, to’kilibto’kilib yig’ladi. YUraklari ham xuddi boyagi yolg’iz qush kabi talpindi. Hamisha soqchidek ketida kuzatib yurgan boyagi tebranmas ruh esa: “Yo’q, sen Maxsumdan ayrilganingdan emas, o’zing yolg’iz qolganingga yig’layapsan…” – deb turdi. Shuncha ham armon sig’ar ekanmi qushchadek bir yurakka…
63.
………………………………………………………………………………………………………….
64.
Qo’shnilardan birinikida radio qo’yildi. Tong ham otibdi. Yostig’idagi jigarrang qon izlari chalindi Marlen ko’ziga. Maxsum so’nggi oylari qarilik bekorchiligidan bir kitob yozishga kirishgan edi. “Nima to’g’risida?” – deb so’raganida Marlen, – “Tariximiz” – deb qo’ya qolgan edi u. “Da brosüte vû! Siz nima – tarixchimi? Obrazovanieyz yo’qku!” – deb pachakilashgan edi o’shanda Marlen. Endi bilsa – ezmalikdan emas, ehtiyojdan kirishgan ekan o’sha ishga Maxsum. Endi bilsa hamma tarixchi bo’larkanu, lekin atrofiyu o’tmishiga qarashdan cho’chirmi, bosh tortar ekan.
Qaerda yotgan ekan Maxsumning qing’irqiyshiq yozuvida qoralangan oltmishmietmish sahifa? Nimalarni yozgan ekan u?
65.
Kaltakalta o’ylarga ham nafas yetayotgani yo’q. Ko’kragi siqildi Marlenning. Biram siqildiey! Yoshligida Suvorov maktabining tomiga chiqib yolg’izlikda kun botishini kuzatgan edi… Bir kunmas bir kun o’z moshinamda ochiq dalaga chiqamanu butun dunyoda bir o’zim kun botishini kuzataman deb ko’ngliga tugib qo’ygan edi o’shanda… Afsuski, ilojimi, fursati yetmadi…
66.
Yana bir tuni o’tdi bu dunyoda… Nimalarni o’ylayotgan edi o’zi… Alg’ovdalg’ov fikrlar, manzaralar, odamlar… Turay desa boradigan yeriyu bironbir kimsasi yo’q. Yo madori qolmadimikan? Bir o’ziga qolib ketmasin ekan odam… Suvorov maktabiga yuborilganida bularning barini bir xonaga kirg’azishdiyu u yerda kim qaysi sallachoponu, po’stinuchoriqda kelgan bo’lishidan qattiy nazar – hammasini yechintirib yagona formaga tiqishdi. O’shanda Saidasror birdaniga o’zini yo’qotib qo’ygan edi: kimman men o’zi, qaysi biriman bulardan – deb tipirchilab qoluvdi. Lekin mo’rumalahdek, qurtuqumursqadek aralashquralash bo’lib yurishning zavqini, baxtini mana endi ilk bor astoydil sezmoqda Marlen. Shundanmikan Maxsumning ham boyagi qalang’iqasang’i soqollarga o’ralishib qolishi… Qaerda ekan Maxsum undan hargiz so’rab olay desa…
67.
Bugun yakshanba bo’lsa kerak. Kir yuviladigan kun. Uchto’rt haftadan beri burchakda bir bo’g’cha bo’lib qalashib yotibdi. Tomorqadagi gullari ham qaqrab qolgandir. Necha kun bo’ldi ekan – qaragani yo’q. Bularning ustidan ham doimo Maxsum bilan tortishib yurishardi: “Qo’lingiz bilan butalamang bularni, qaychi, jilla qursa pichoqda kesish kerak. Ana, burchakdagi gulni o’tgan yili kallaklab tashlagan ekansiz, haligacha ham o’ziga kelgani yo’q…” – “Gazetada o’quvdimda…” – “Gazetada rost gap yozisharkanmi…” – “Ha o’zingiz boshdan oyoq o’qib o’tirasizku…” – “Nu i chto? Malo li nima qilaman… Chyortte chto!”
68.
O’zi tortishadigan narsaning o’zi yo’q ekanku bu dunyoda… İsizgina hayoti… İsizgina hayotlar… Bir kuni Maxsumning SHayx Sa’diydan o’qigani esga tushdi: “Xo’tikcha yo’qolgan dumini qidirib ikki qulog’idan ajrab kelibdi…” Bu so’zlarning ketida ham rosa bahslashishgan edi ikkisi. Endi qarasa bu so’zlar ana o’sha bahslarning o’zginasi haqida ekanku… Butun adash umrlari haqida ekan…
69.
Yaxshiyamki tirik jon qolgani yo’q uning atrofida. Yaxshiyamki bog’lanadigan rishta tugul, uning – bir paytlar otasimi yo starshinasi etmish: “to’ng’izga o’xshab yotgan” bu holatiga boqadigan nazarning o’zi yo’q. Armonu niyat, qo’rqinchu uyatlarning barini charchoq yengar ekan. Charchadi baridan u, zerikdi. Majolsizlanib xalos bo’ldi… YUrakka qo’shilib bosh ham og’ridi, lekin buning ham qizig’i qolgani yo’q. Ozgina sukut bo’lsa xolos…
70.

71.
Uyqusi elitmoqchimi bemahal… Jadvallangan kunga nima bo’ladi endi…
72.
Ko’zi bir zumga ilinganmishu nim uyqu, nim o’ngida ko’kragi shu qadar siqilganidan chirs etib qovurg’alari sinibdiyu, ko’krak qafasidan xalos bo’lgan qizg’ishgina yurak qushchasi potirlab uchib chiqibdida, bu bo’shliqdan hayron qolgan Saidasror ko’zi o’ngida tomorqadagi yalanglik chekasida qizg’ish kunbotishda qad ko’targan terakka borib qo’nibdi… “Bihishtning eshigida bir tup daraxt bor, o’zi zafardek, bargi za’farondek…”
Saidasrorning esini esa bolaligidagi bir ajib hayrat chulg’abdi: Hey, terakda o’tirgan tirik qushcha, sen qancha intilmagin, qancha talpinmagin, baribir xayolimdagi oshyonga kirib borolmaysan, sen – ayri, men – ayri…
73.
Qo’shnilarnikidagi radiodan esa tobora kun qizig’i ila uyg’unlashib borayotgan nag’ma:
Kel ey Mashrab, agar oshiq erursan bo’lmagil g’ofil,
Bu g’aflat uyqusidan ey yoronlar uyg’onib bo’lmas…







26.05.2002
Ruschadan Abdulhamid Ismoil tarjimasi


Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
moderator




Post N: 17
Info: Gr8 as never before
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Huroson, BAgdad
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 15.02.07 01:50. Mavzu: Re:


oqimadim,no oqishag arziydi

vallohu a`lam Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob





Post N: 31
Info: Daxshattt
Ro`yhatdan o`tgan: 15.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 17.02.07 20:55. Mavzu: Re:


Zo'r mavzu ochilibdiku a Shu Abdulla Qahhorri kitoblarini pochtamga otvorsela SAvobbi tegida qob ketarmidila dimande

If you want someone(smth) really badly set it free, if it comes back to you it's yours forever,
if it doesnt it was never yours to begin with
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
good soul


Post N: 32
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Kakand
Reyting: 0

Ogohlantirish: Qachondan beri rap eshtadigan bop qoldin gayrat17?
xabarga link  Jo`natilgan: 20.02.07 00:42. Mavzu: Re:


www.tohirmalik.uz Odamiylik Mulki degan kitobini o'qishni maslahat beraman

Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob





Post N: 68
Info: Daxshattt
Ro`yhatdan o`tgan: 15.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 20.02.07 22:22. Mavzu: Re:


Buni eshittirishini eshitbo'ganman
Daxshatkuuu Oka gap yo' Shu Toxir aka Sog' bo'sinla Ilmlari bundanam ziyoda bo'sin

If you want someone(smth) really badly set it free, if it comes back to you it's yours forever,
if it doesnt it was never yours to begin with
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob



Ro`yhatdan o`tmagan
Ro`yhatdan o`tgan: 01.01.70
xabarga link  Jo`natilgan: 11.04.18 16:42. Mavzu: 2018 éèëäàí ñàëîì ..


2018 éèëäàí ñàëîì


Ñïàñèáî: 0 
Iqtibos Javob
Javob :
1 2 3 4 5 6 7 8 9
âèäåî ñ youtube.com êàðòèíêà èç èíòåðíåòà êàðòèíêà ñ êîìïüþòåðà ññûëêà ôàéë ñ êîìïüþòåðà ðóññêàÿ êëàâèàòóðà òðàíñëèòåðàòîð  iqtibos  êàâû÷êè îôôòîïèê ñâåðíóòûé òåêñò

ïîêàçûâàòü ýòî ñîîáùåíèå òîëüêî ìîäåðàòîðàì
íå äåëàòü ññûëêè àêòèâíûìè
Ism, parol:      Ro`yhatdan o`tish    
Òåìó ÷èòàþò:
- ishtirokchi hozir forumda
- ishtirokchi forumda emas
Hamma vaqtlar GTM formati bo'yicha  4 vaqt: bugungi Xitlar soni 10
Huquq: smayliklar ha, rasmlar ha, shriftlar yo'q, ovoz berish yo'q
avatarlar ha, linklarni avtoalmashtirish yoqiq, premoderatsiya o'chiq, taxrir yo'q