Post N: 5
Ro`yhatdan o`tgan: 10.02.07
Reyting:
0
Jo`natilgan: 12.02.07 22:02. Mavzu: Hayotimdagi Eng unutilmas kun!!!
Bu yerga hayotingizdagi eng unutilmas kun haqida yozing. Bu baxtli yoki baxtsiz kun bulishi mumkin, muhimi u hayotingizda iz qoldirgan bulishi va siz uchun juda ahamiyatli bulishi kerak.
Post N: 28
Info: in love
Ro`yhatdan o`tgan: 08.02.07
Qayerdan: Uzbekistan, Tashkent
Reyting:
0
Jo`natilgan: 15.02.07 00:51. Mavzu: Re:
vay unda mani deyarli har kunim unutilmas ekanda. man har oylik oganimda o'zimni baxtli hisoblayman va osha kunimni unutilmas bir bayram qilib nishonlayman
menga ko'pincha 31 dekabr omadsiz keladi, har doim bir ishkal chiqadi. Menimcha hammasi yoshligimda (9-10 yoshlarimda) boshlangan, O'shanda Buvimlarnikida qolgan edim, har doim yoqadigan buvimlarni uyi o'sha kuni yoqmagan, chunki men tengqur bollar yo'q edi, hamma o'zi bilan ovora, keyin sekin uyga qarab qochganman, 7 km ga kechasi piyuoda qochganman, rosa qo'rqqanman. Keyingi yili TV da "Mohabharat" degan serial rosa avj olgan edi, Biz ham Arjun bo'lib qo'lga kamon olib o'ynayotgan edik, yangi yil kuni, qarindoshlar yig'ilgan, yosh bolalar o'ynab turgan edik, biz holamni o'g'liu bilan akamni tomga quvib chiqdik. Akam qo'limga qattiq urdi, o'tirib oldim, qo'limni ushlab, ular orqamda urishishyapti, keyin ularga shundaq qarashimni bilaman. O'sha paytda akam bo'lamga uzun tayoqni otgan, bo'lam pasayib qolgan, va, men shu tayoqga ko'zimni tutganman, va 10 kun hech narsa ko'rmay yurganman. 5 yil oldin, yangi yil kuni uydagilar bilan ozgina o'tirib o'rtoql;arim oldiga shoshildim, chiqsam to'planishib o'tishgan ekan, magazin oldida, bir o'rtog'im qo'lidagi "baqqilloq " ni menga otmoqchi bo'ldi, men undan oldin borib qo'liga tepdim, yomon tepgan ekanman, keyin u hazilga olib meni erga yiqitmoqchi bo'ldi, itarib magazin oynasi oldiga borib qolganimizni bilmay qoldik. SHov etib oynak sinib ketti. soat 24 gacha magazinchini olib kel, usta olib kel, oyna top, hullas shunqa bo'lgan/
4 yil oldin, rosa ichibmiz. Hech narsani bilmaymiz. Keyin ertalab tursam (1 yanvar), aniqrogi akam uyg'otti tur, militsiya keldi desa bo'ladimi, kechasi qo'shni qishloqni bollarini rosa urgan ekanmiz.
1-ochertta MAni hayotimda Engg quvonchli kun Bu musulmon oilada Dunyoga kegan kunim Keinchalik 2-o'rinda turadigan unutilmas kunim bu Mandat chiqgan kuni ya'ni o'qishga kirgan kunim
Post N: 8
Ro`yhatdan o`tgan: 17.02.07
Reyting:
0
Jo`natilgan: 17.02.07 23:03. Mavzu: Re:
Unutilmas kunim hali bo'lgani yo'q. Ammo, men uchun kunlarim hamisha unutilmas. 2006 yil, yoz kunlarimni men unutmayman, hurmatim baland shu yilga va faslga. Aynan o'sha kunlarda men haqiqatdan ham baxtli bo'lgan ekanligimni his etaman. Allohimga ming shukur. Har bir ishda bir hikmat bor. O'sha kunlarim ishtirokchisiga minnatdorchiligimni bildiraman. Unutmasam kerak, vaAllohu a'lam...
Post N: 4
Ro`yhatdan o`tgan: 21.02.07
Reyting:
0
Jo`natilgan: 23.02.07 12:44. Mavzu: Re:
2001 yil 11 avgust! Qo'qonda tog'ami moshinasida kotta tog'am, kichkina tog'am, dadamla, kichkina ukan (toshkanni bir kurib ketsin deb olvogandik) va man Mandatni bilgani kelyapmiz. Institutga kirishimga 100% uveren edim, lekin necchi bal olganim, misollarni nechtasi to'g'ri nechtasi notug'ri bo'lganligi qiziqtirardi. Hullas, Aloqa instituti binosiga moshinamiz kirdi. MAndat ballari ilinib qoyilgan doskaga yaqinlashib bo'lmaydi... Dadamlaga siz o'tirib turin o'zim borib ko'rib kelaman didim. Borib qarasam doskani eng yuqori qismi ko'rinib turibdi, qolganini olomon to'sib olgan. Lekin manga ko'rinib turgan qismini o'zi ham yetarli ekan. Chunki eng birinchi o'rinda mani raqamim turardi. Qaytib moshinani oldiga kelsam, dadamla so'radilar: "Nimaga qaramding, bormadingku doskani oldiga?" - Birinchi o'rin ekanman... Tog'amlar yugirib ketishdi usha tarafga, dadam bo'salar: "Barakalla o'glim, hursand qilding, Tog'anglarni chaqir kettik qo'qonga, 2 sentyabr kuni kelasan, toshkantga" Kotta tog'am usha paytda sportloto uynashga juda qiziqardilar, kelib: "Agar sportlotodan jack-pot yutvosamam bunaqa hursand bo'lmasdim" diyishdi.
.... a keyin o'qish dovomida eng ohirgi kirgan boladan ham battar o'qidim. CHunki adashib boshqa fakultetga topshirib qo'ygan edim. Diplomga ilova qilinadigan varoqdagi baholarni ko'rgan dadamla: "Eson omon bitirvogan bo'sen bo'ptida", diyishgan.
Bahtli voqealar ko'p bo'lgan, Ishga kirgan kunim, birinchi maosh olgan kunim, Peterburgga olimpiadaga borganim.
- ishtirokchi hozir forumda - ishtirokchi forumda emas
Hamma vaqtlar GTM formati bo'yicha
4 vaqt: bugungi Xitlar soni 14
Huquq: smayliklar ha, rasmlar ha, shriftlar yo'q, ovoz berish yo'q
avatarlar ha, linklarni avtoalmashtirish yoqiq, premoderatsiya o'chiq, taxrir yo'q