On-line: Mehmon 0. umumiy : 0 [ma'lumot..]
Forum yana o\'zing yaxshisan,Ishlab tursang ancha-muncha forum sharmanda!Uzliveni ham mozorga kuzattik,Tekini deb seni tuzattik!

MuallifXabar
doimiy a`zo




Post N: 95
Info: Siz bolmasezam suuuuuuuuupeeerrrr
Ro`yhatdan o`tgan: 21.03.07
Qayerdan: Stockholm, Shweden
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 04.04.07 01:36. Mavzu: Islomiy sheriyat.


ILTIJO.
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkoim, Parvardigorim.

Hammasi bir kun OK buladi. Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
Javoblar - 11 [faqat yangi javoblar]


doimiy a`zo




Post N: 96
Info: Siz bolmasezam suuuuuuuuupeeerrrr
Ro`yhatdan o`tgan: 21.03.07
Qayerdan: Stockholm, Shweden
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 04.04.07 01:42. Mavzu: MUHAMMADNING UMMATLARI


Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari



Hammasi bir kun OK buladi. Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo




Post N: 97
Info: Siz bolmasezam suuuuuuuuupeeerrrr
Ro`yhatdan o`tgan: 21.03.07
Qayerdan: Stockholm, Shweden
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 04.04.07 01:44. Mavzu: Re:


MAHSHAR YAQIN...

Mahshar yaqin, taqdir – o’q,
Zumda eltar hammani.
Tahorat yoq, tahsin yoq,
Niyat qani – ahd qani?

Yetmasmu bu shaytonning
Shunchalar avragani?
Tarovati imoning-
Ruku, qomat – shahd qani?

Mudom istarsan parvoz,
Nedur qanoting sani?
Allohga eng yaqin roz-
Qa’da, sajda – taxt qani?

Tilovat yoq, takbir yo’q,
Namoz qani – baxt qani?
Bundan o’zga tadbir yoq
Asl Yorni ko’rgani...

Hammasi bir kun OK buladi. Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo




Post N: 98
Info: Siz bolmasezam suuuuuuuuupeeerrrr
Ro`yhatdan o`tgan: 21.03.07
Qayerdan: Stockholm, Shweden
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 04.04.07 01:55. Mavzu: Re:


Maqom berdi Hazrati inson,
Zikr uchun shirin bir lison,
Qani endi bizdagi vijdon,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Qalb tubiga bir bor nazar sol,
Iymon yig'lar,g'arib bemajol,
Sabr ila kutar Zuljalol,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Nafsing gunoh dashtida kezar,
Jannatni Haq bizlarga bezar,
Buni qachon yuraging sezar,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Ko'zing nurin kim ato etdi,
Loydek jisming kim aziz etdi,
Nahot aqling boshingdan ketdi,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Sog'inarsan jufting, onangni,
Eslaysanmi, ahdli sanangni,
Robbim Alloh degan va'dangni,
Sen Robbingni so'ginmadingmi.

Qolmoqchisan dunyoda qancha,
Man-man degan o'tdilar ancha,
Insof bormi senda zarracha,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Almisoqda ahdni bergandik,
Biz shaytonni dushman bilgandik,
Muhammadga ummat bo'lgandik,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Tuproqdan yaraldik, asli tuproqmiz,
Haqni Qudrat qo'lida ojiz yaproqmiz,
Ibodatga butun,loyiq, yaroqmiz,
Sen Robbingni sog'inmadingmi...

Hammasi bir kun OK buladi. Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo


Post N: 48
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 12.04.07 16:44. Mavzu: Re:


TILAK!!!

Angladim oddiy bir haqiqatni men
Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim.
Ne desangiz deng sadoqatni chin,
Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim!

Oila muqaddas dargoh har mahal,
Har qanday holatda sizga bor dahlim!
Dunyo taomini tutishdan avval
Iymonni ilindim sizga, ey ahlim!

Qalbim alamzada fitna dunyodan
Odamlar bir-birin qutlagan zamon.
Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan
Iymonni ilindim sizga otajon!

Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab
Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon.
Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab,
Iymonni ilindim sizga singiljon!

Ukalik mehrini namoyish etgan
Jonlar boshlarini tutmish har qachon.
Men esa hammaning yodidan ketgan
Iymonni ilindim sizga akajon!

"Tog‘a-pir!" degandi qaysi bir oqil,
Pirlik maqomingiz o‘tayman qachon?
Murid sovg‘asini aylangiz qabul-
Iymonni ilindim sizga tog‘ajon!

Onamning singlisi - qalbim surati,
Turfa liboslarning o‘rniga bu on
Muhtaram volidam isi hurmati
Iymonni ilindim sizga xolajon.

Iskandar misoli kimdir dunyoni
Poyiga to‘ldirmish jannatim debon,
Men oddiy farzandman, eslab Xudoni
Iymonni ilindim sizga onajon.

Onajon, otajon, singlim, tushuning
Sizga bu dunyoda kelar tilingim,
Abadiy dunyoning saodati deb
Boshqa hech narsani yo‘qdir ilingim...

... Balki bu siz uchun katta sovg‘amas,
Balki kulgingizga sababdir tuhfam?!
Ammo shuni biling, iymonsiz olam
Hech qachon ochilmas, abadiy qafas.

Unda na havo bor, va na bir teshik
Go‘zallikdan bahra olmoqchilarga,
Tarozi shu qadar ishlarki aniq
Gunohin o‘zgaga solmoqchilarga.

Qiynoqlar tinmasdan, qalblar bezovta
Tanalar bir erib, qayta tiklangay.
Dunyoning jamiki chiroyi sohta,
Alar jahannamda bosib yuklangay...

Iymonsiz dunyoning lazzati nedir,
Islomsiz hayotning ma’ni ne asli?
Ushbu savolimga javob bittadir
Bu dunyo aslida yolg‘onlar fasli!

Keyingi hayotda imkon berilmas,
Keyingi umrning sinovi yo‘qdir.
Iymon bilan o‘lgan pushaymon bo‘lmas,
Uning bu dunyoda armoni yo‘qdir...

Shu bois, iymondan ilinjim o‘zga,
Boshqa bir tuhfam ham yo‘qdir, jonlarim!
Siz meni qanchalar sevsangiz shuncha
Iymonni ulashdim, qadrdonlarim!




Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob





Post N: 233
Info: Pagonimmi yoqotganimdan beri Yahshimas
Ro`yhatdan o`tgan: 18.03.07
Qayerdan: Uzbekistan , Tashkent
Reyting: -1
xabarga link  Jo`natilgan: 12.04.07 23:34. Mavzu: Re:


DUNYONING JAMIYKI YO'LINI KO'RDIK
ENDI BIR POKIZA YO.LNI KO.RSATING
YOLG.ON TARIHLARDAN YUZIMIZ BURDIK
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING

O.RGANDIK JADVALNING NE BO'LSA QISMIN
HATTO BILIB OLDIK HAYVONLAR JISMIN
VALE BILMAY O.SDIK ALLOHNING ISMIN
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING

TARIH-U, JUG'ROFI, KIMYOLAR YAXSHI
KO'ZIMIZ ILG'AMAS DUNYOLAR YAXSHI
AL . JABR FANIDAN BAHOLAR YAXSHI
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING

ANGLADIK ISLOMSIZ FANLAR MO.RTLIGIN
GO.YO DARVOZASIZ SHOXSIZ YURTLIGIN
BILDIK IKKI KARRA IKKI TO.RTLIGIN
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O.RGATING

AZIZ MUALLIM MUHTARAM USTOZ!!!
DARSLAR JADVALIga YOZING ILTIMOS
ABADIY DO'ZAXDAN BO'LAYLIK XOLOS
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING

ASLI IYMON ILA ISLOM SHARAFDIR
ALLOH BITTA EGAN KALOM SHARAFDIR
DUNYONING DARSLARI BO.LAK TARAFDIR
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O.RGATING

BU ILM FARZ BO'LMISH HAR YIGIT . QIZGA
BU YO'L ALLOHDAN OMONAT BIZGA
IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING


I ask Allah 2 make u happy, make u smile, guide u safely, though every mile, grant u wealth, give u health & most of all grant u paradise! Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo


Post N: 67
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 21.04.07 09:12. Mavzu: Re:


ENG KATTA MUSIBAT...

Bu dunyoda iymon bilan
nurga cho‘mgan bir ummat bor,
Ul ummatning yo‘li kengdir,
Barchasida ming rahmat bor,
Hayotida hotirjamlik,
O’limida ming hikmat bor,
Rozi bo‘lar taqdiriga
Tutar ikki enlik xat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Kimdir o‘lar, kimdir nafas
olmoq ekan, anglab yetdik.
O’zni mangu da’vo qila,
Go‘ristonni manzil etdik.
Oling, mana, dunyongizni,
Habibulloh birla ketdik,
Endi bizga na go‘zallik,
Va na sokin halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Holatingiz ko‘rdik, mahzun,
Asliyatga tezroq qayting,
Ajal o‘qi aniq erur,
Unga boqmang, kulib "Hay" deng,
Dunyo ostin-ustin bo‘lib
ketmaydimi, endi ayting,
Yelkamizdan qolib ketgan
O’lim tutar omonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Otangiz ham, onangiz ham,
Bir kun sizni tashlab ketmish,
Yuraklarni tilka-pora
Aylabon, zor g‘ashlab ketmish,
Ko‘zlaringiz balki namlab,
So‘nggigacha yoshlab ketmish,
Ajal kelsa, siz qochguvchi
Qandayin bir imorat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Chakki tomgay, endi aslo
yamab bo‘lmas bu uy tomin,
Oinasi parchalanmish,
O’rnatmoq na singan romin
Qiyomatga qarab yo‘lin
Tutib bo‘lgach soqov zamin,
Ayting, to‘sib qolar qay kuch,
Va qandayin tumonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Barchamizning qalbimizda
Dunyoga bir muhabbat bor,
Muhabbatdan hosil bo‘lgan
Razillik bor, qabohat bor,
Oxirlamish so‘zim mening,
Xitobimda nadomat bor,
Ayo, ummat, bu dunyoga
Nechun qattiq sadoqat bor,
Zamin og‘ir nafas olar,
Unda qanday halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Hayrulla Hamidov


Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo


Post N: 68
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 28.04.07 10:21. Mavzu: Re:


KECHIR!

Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib,
Uxlolmadim, kechir rabbim!
Siltadilar: "yig‘lagin", deb
Yig‘lolmadim, kechir rabbim!

Ko‘kka nolon nido qildim,
Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim,
O’zimni gunohkor bildim,
Yig‘lolmadim, lekin Rabbim!

Kimning ishi tushsa gar, bas,
Yordamim tutdim har nafas,
Yaxshilikdan boshim chiqmas,
Yig‘lolmadim, lekin Rabbim!

Ko‘zimda nur, yovuz kulgu,
Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u,
Har kun boshim mehrobda-yu,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Ishim mening sahovatdir,
Bilmaganim - halovatdir,
Bu qandayin musibatdir:
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Yomg‘irpo‘shdan topib panoh,
Yomg‘irda ham qildim gunoh.
Hush’u menga yot bo‘ldi, oh...
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Ko‘kka porlab chiqqach oftob,
Senga nolon qildim xitob...
Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Istadim-u, qalbimda g‘am,
Dod-voy soldi tog‘-u, tosh ham,
Vale aylab ko‘zimni nam,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni
Ne qilsang ham yig‘lat meni...

Hayrullo Hamidov


Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo


Post N: 83
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 16.05.07 16:10. Mavzu: Re:


Yaqin nima?
Yaqin qiyomat.
Yaqinroq-chi?
O’limdir albat.
Ajab nima?
Tug’ilgan go’dak.
Ajabliroq?
Foniyni sevmoq.
Shirin nima?
Farzand, arjumand.
Shirinroq-chi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam, volidam.
Mehribonroq?
Yaratgan Egam.
Go’zal nima?
Odamzot shakli.
Go’zalroq-chi?
Allohning vasli.
Lazzat nima?
Nafsni qondirmoq.
Lazzatliroq?
Jannatga kirmoq.
Hayrli ish?
Alloh nazdida ibodat-la halol kasb qilmoq
Hayrliroq?
Birov baxtiga hasad qilmay, dildan sevinmoq.


Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob
doimiy a`zo


Post N: 84
Ro`yhatdan o`tgan: 14.02.07
Qayerdan: Tashkent
Reyting: 0
xabarga link  Jo`natilgan: 16.05.07 16:14. Mavzu: Re:


-Boshingda nima bor?
-Toji davlat.
-Ko’zingda nima bor?
-Nuri Muhammad.
-Tilingda nima bor?
-Kalomi shahodat.
-Qulog’ingda nima bor?
-Azon-u qomat.
-Burningda nima bor?
-Bo’yi Muhammad.
-Qo’lingda nima bor?
-Hayr-u sahovat.
-Belingda nima bor?
-Kamari xizmat.
-Tizzangda nima bor?
-Hurmat-u izzat.
Qalbingda nima bor?
-Allohga muhabbat.

Fazil Zohid (Xorazm)


Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l...
Jaloliddin Rumiy.
Ñïàñèáî: 0 
ProfilIqtibos Javob



Ro`yhatdan o`tmagan
Ro`yhatdan o`tgan: 01.01.70
xabarga link  Jo`natilgan: 15.09.09 20:08. Mavzu: salim-8888 ..


salim-8888



Ñïàñèáî: 0 
Iqtibos Javob



Ro`yhatdan o`tmagan
Ro`yhatdan o`tgan: 01.01.70
xabarga link  Jo`natilgan: 03.06.15 19:17. Mavzu: ..




Ñïàñèáî: 0 
Iqtibos Javob
Javob :
1 2 3 4 5 6 7 8 9
âèäåî ñ youtube.com êàðòèíêà èç èíòåðíåòà êàðòèíêà ñ êîìïüþòåðà ññûëêà ôàéë ñ êîìïüþòåðà ðóññêàÿ êëàâèàòóðà òðàíñëèòåðàòîð  iqtibos  êàâû÷êè îôôòîïèê ñâåðíóòûé òåêñò

ïîêàçûâàòü ýòî ñîîáùåíèå òîëüêî ìîäåðàòîðàì
íå äåëàòü ññûëêè àêòèâíûìè
Ism, parol:      Ro`yhatdan o`tish    
Òåìó ÷èòàþò:
- ishtirokchi hozir forumda
- ishtirokchi forumda emas
Hamma vaqtlar GTM formati bo'yicha  4 vaqt: bugungi Xitlar soni 14
Huquq: smayliklar ha, rasmlar ha, shriftlar yo'q, ovoz berish yo'q
avatarlar ha, linklarni avtoalmashtirish yoqiq, premoderatsiya o'chiq, taxrir yo'q